Butunjahon oʻqituvchilar kuni
Butunjahon o‘qituvchilar kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarda: ing. World Teachers' Day, arab. اليوم العالمي للمعلمين, ispan. Día Mundial de los Docentes, hitoy. 世界教师日, frans. Journée mondiale des enseignants) — 1994-yilda UNESCO tomonidan tashkil etilgan. 5-oktabr kuni nishonlanadi. 1966-yilning shu kuni UNESCO va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan chaqirilgan konferensiyada oʻqituvchilarning mehnat sharoitlarini belgilovchi birinchi xalqaro hujjat boʻlgan „Oʻqituvchilarning maqomi toʻgʻrisida“gi tavsiyanoma qabul qilindi. Butunjahon o‘qituvchilar kuni BMTning jahon va xalqaro kunlari tizimining bir qismidir.
Ushbu kun o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqei, ularning taʼlim va taraqqiyotdagi roliga eʼtibor qaratish uchun mo‘ljallangan. 100 dan ortiq davlatlar Butunjahon o‘qituvchilar kunini nishonlaydilar, baʼzida alohida milliy O‘qituvchilar kuni nishonlanadi.
Bu kun nafaqat o‘qituvchilarni tabriklash va ular taʼlim sohasini qanday o‘zgartirayotganini nishonlash uchun xizmat qiladi, balki, ularning isteʼdodi va kasbini to‘liq ochib berish uchun zarur bo‘lgan yordamni qanday berish haqida o‘ylash, hamda, kasbni global miqyosda rivojlantirishning keyingi yo‘llarini qayta ko‘rib chiqish uchundir.
Butunjahon o‘qituvchilar kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Xalqaro taʼlim assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- jahon oʻqituvchilar kuni
- Oʻqituvchilarning maqomi boʻyicha tavsiya (Wayback Machine saytida 2010-05-18 sanasida arxivlangan)