Butunjahon olimpiya mash’alasi estafetasi
Butunjahon olimpiya mash’alasi estafetasi (inglizcha: Olympic torch relay) 2004 va 2008-yilgi Olimpiada[1] oʻyinlaridan oldin oʻtkazilgan. Olimpiya olovi barcha qitʼalarga yetkaziladi. 1936-yildan beri olimpia oʻyinlarining barchasi estafeta mashʼalasi bilan oʻtkazilib kelinmoqda. Olimpiya olovi Olimpiya oʻyinlarining ramzidir. U ochilish vaqtida oʻsha shaharda yoqiladi va oʻyin tugaguniga qadar doimiy ravishda yonib turadi.
Muqaddas olov yoqish marosimi qadimgi yunonlardan kelib chiqqan va 1912-yilda de Kuberten tomonidan qayta tiklangan. Olimpiada mash’alasi botiq oynadan hosil boʻlgan quyosh nurining yoʻnaltirilgan nurlari bilan yoqiladi.
Olimpiya alangasi poklik, gʻalaba uchun kurash, tinchlik va doʻstlikni anglatadi.
Stadionlarda olov yoqish anʼanasi 1928-yilda boshlangan (Qishki oʻyinlarda 1952-yildan). Yonayotgan mash’ala estafetasi birinchi marta 1936-yilda Karl Diem tashabbusi bilan joriy etilgan. Ochilish marosimida olimpiyada mash’alasi oʻyinlar oʻtkaziladigan bosh stadionga yetkaziladi, shundan soʻng, undan stadiondagi maxsus olov yoqish vositasida foydalaniladi. Olimpiya olovi Olimpiada yopilguniga qadar yonadi.
Odatda, uni yoqish vazifasi mashhur insonlarga, koʻpincha sportchilarga topshiriladi. Ushbu marosimga mezbonlik qilish katta sharaf hisoblanadi.
2004-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]4-aprel kuni Sankt-Peterburgda Pekin yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan Butunjahon Olimpiya mash’alasi estafetasining Rossiya bosqichi boʻlib oʻtdi. Sahnada 80 nafar mash’alachi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar orasida mashhur shaxslar ham ishtirok etishdi:
- Nikolay Nikolaevich Drozdov — taniqli rus teleboshlovchisi
- Andrey Sergeevich Arshavin- taniqli rus futbolchisi, Rossiya milliy futbol jamoasi sardori
- Igor Chestin — Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasining Rossiya boʻlimi direktori
- Valentina VladimirovnaTereshkova — birinchi ayol kosmonavt
- Leonid Vasilevich Tyagachev — Rossiya Olimpiya qoʻmitasining sobiq rahbari
- German Oskarovich Gref — Rossiya Federatsiyasi Sber bank prezidenti va boshqaruvi raisi
- Andrey Leonidovich Kostin — rossiyalik bankir, VTB OAJ bankprezidenti va boshqaruvi raisi
- Leonid Borisovich Melamed — rossiyalik tadbirkor
- Aleksey Konstantinovich Yagudin — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
- Evgeniy Viktorovich Plushenko — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
- Anton Tarielevich Sixarulidze — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
- Tamara Nikolaevna Moskvina — figurali uchish boʻyicha murabbiy
- Alisa Brunovna Freindlich — SSSR xalq artisti
- Evgeniy Aleksandrovich Chichvarkin — rossiyalik tadbirkor, Euroset uyali aloqa tarmogʻining asoschisi va sobiq hammuassisi
- Aleksandr Vladimirovich Popov — suzish boʻyicha 4 karra Olimpiya chempioni
- Lev Nikolaevich Karlin — Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti rektori
- Robert Swan — mashhur sayohatchi
- Aleksandr Abramovich Druz — „Nima? Qayerda? Qachon?“ oʻyini magistri
2012-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vsemirnaya estafeta olimpiyskogo ognya 2008 Google Maps KMZ (fayl metok KMZ dlya Google Earth)