Anatoliy Bushuy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bushuy Anatoliy Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)

Anatoliy Mixaylovich Bushuy (1939.18.4, Sevastopol) – tilshunos. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2001). Samarqand universiteti chet tillar fakulteti nemis tili boʻlimini tugatgan (1963). Shu universitetda katta oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri. Til-shunoslik nazariyasi, roman-german, slavyan va turkiy tilshunoslik, folklorshunoslik, lingvistik in-formatika, lingvodidaktika va tillar oʻqitish metodikasi boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borgan. Mazkur sohalar boʻyicha bir nechta asarlar muallifi: "Frazeografiyaning leksikografik tavsifi" (1982), "Frazsologiya nazariyasi asoslari" (1987). "Frazeologik lu-gʻat asoslari" (1993), "Til va jamiyat" (2002), "Umumiy va german fra-zeologiyasi asoslari" (2003), "Tilning umumiy tilshunoslik muammosi sifatidagi mohiyati" (2004) va boshqa