Burchak toʻpi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻk va oq libosli jamoa ayni burchak toʻpi olayotgan payti.

Burchak toʻpi toʻpni burchakdan oʻyinga kiritish oʻyinni davom ettirish usullaridan biri hisoblanadi. Burchak toʻpidan kiritlgan gol albatta hisobga olinadi, agar bu raqib darvozasiga kiritilsa. Burchak toʻplari quyidagi hollarda belgilanadi: Toʻp darvoza chizigʻidan yerda yoki havoda toʻliq kesib oʻtgan boʻlsa va bu toʻpga soʻnggi boʻlib himoyalanayotgan futbolchi tekkan boʻlsa. Bundan oldin 10-qoidaga koʻra toʻp darvozaga kirmagan boʻlsa. Burchak toʻpini amalga oshirish tartibi: Toʻp burchak sektori ichiga bayroqli ustunning atrofida joylashtiriladi. Hamda darvoza chizigʻiga yaqinroq nuqtaga qoʻyiladi; Zarba berayotgan paytda bayroqli ustunga tegish taʼqiqlanadi; Toʻp oʻyinga kiritulguncha, raqib jamoa futbolchisi toʻpdan 9,15 metrdan yaqin boʻlmagan masofada turishi lozim; Burchak toʻpi hujum qilayotgan jamoa aʼzosi tomonidan oyoq bilan oʻyinga kiritiladi; Toʻp oyoq bilan joyidan siljishi bilan oʻyinga kiritilgan deb hisoblanadi; Burchak toʻpini kiritayotgan oʻyinchi birinchi bor toʻpga tegishgandan soʻng kema-ket ikkinchi bor tegina olmaydi, yaʼni toʻpga ikkinchi marta uning jamoadoshi kelib teginadi. Qoidabuzarlik/jazolar Burchak toʻpi maydonda harakat qilayotgan oʻyinchi tomonidan kiritiladi Agar burchak toʻpini oʻyinga kirituvchi futbolchi toʻpga ikkinchi bor teginib(lekin qoʻl bilan emas, unda boshqacha jazo qoʻllanadi) ketsa, unda: Qoida(toʻpga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan hakam tomonidan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;* Agar burchak toʻpini oʻyinga kirituvchi futbolchi toʻpga ikkinchi bor atayin qoʻli bilan oʻynasa, unda: Hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima toʻpi belgilanadi; Agar himoyachi oʻz jarima maydoni ichida qoʻl bilan oʻynasa, hakam tomonidan 11-metrlik jarima toʻpi belgilanadi. Burchak toʻpining darvozabon tomonidan kiritilishi Agar burchak toʻpini oʻyinga kirituvchi darvozabon toʻpga ikkinchi bor teginib(lekin qoʻl bilan emas, unda boshqacha jazo qoʻllanadi) ketsa, unda: Hakam tomonidan qoida(toʻpga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi; Agar burchak toʻpini oʻyinga kirituvchi darvozabon toʻpga ikkinchi bor qoʻli bilan atayin teginib ketsa, unda: Darvozabonning oʻz jarima moydoni tashqarisida boʻlsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima toʻpi belgilanadi; Darvozabonning oʻ jarima moydoni ichida boʻlsa, hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi. Burchak toʻplarini kiritish vaqtida qolgan barcha 17 – qoida buzilish holatlarida: Burchak toʻpi qaytatdan kiritiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ,[1] (Wayback Machine saytida 2014-07-14 sanasida arxivlangan), Muloqot.uz, 2014. 2014-yil 14-iyunda tahrirlandi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]