Bunos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunos (qadimgi yunoncha: Βουνός), shuningdek, Bun — qadimgi yunon afsonalaridagi qahramonlardan biri. Germes va Alkidamey oʻgʻli. Korinfning afsonaviy qiroli.

Qadimgi yunon yozuvchisi Pausanias korinflik Eumelning bizgacha yetib kelmagan asariga (miloddan avvalgi VIII asr) tayangan holda shunday yozadi: Helios Asopiya mamlakatini bir oʻgʻli Aloega, Efirni boshqa oʻgʻli Eetga bergan. Eet Kolxlar yeriga borganida podshohlikning bir qismini Bunosga taqdim etadi. Bu holatda, Germesning oʻgʻli vaqtinchalik hukmdor boʻladi. Chunki u qonuniy qirol yoʻqligida qirollikni Eet yoki merosxoʻrlariga saqlash majburiyatini zimmasiga olgandi. Bunos vafot etgach, Efir yoki Etherea yerlari (keyinchalik, Korinf va shahar atrofidagi hududlar bilan uygʻunlashib ketgan) Aloyeyaning oʻgʻli Epopeus[1][2][3]ga oʻtgan.

Qadim davrlarda Korinfdan Akrokorinfga boradigan yoʻl boʻyidagi tepalikda Hera Bunai ibodatxonasi boʻlgan. Afsonalarga koʻra, uni Bunos oʻzining vaqtinchalik hukmronligi davrida qurdirgan[1].

Qadimshunoslar „tepalik“, „uyum“ maʼnolarini anglatuvchi „Βουνός“ soʻzi Yer xudosi sifatida bilingan Germesga ishora qiladi, degan tahminlarni ilgari surdilar. Shu maʼnoda bu nomni „togʻ xoʻjayini“ sifatida ham qabul qilish mumkin[2][3][4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Павсаний 1996.
  2. 2,0 2,1 Wilisch & 1884—1890.
  3. 3,0 3,1 Escher 1897.
  4. Бунос // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]