Buloqboshi tuman xo'jaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buloqboshi tuman xo'jaligi[1] - Buloqboshi tumani asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 2 GES, „Buloqboshi ipagi“ korxonasi, badiiy buyumlar, trikotaj fabrikasi, poyabzal fabrikasi, tosh koni, xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, avtokorxona, elektr tarmoqlari boʻlimi, MTP bor. Tumanda 65 kichik korxona va firmalar, 17 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Xoʻjaliklari chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan shugʻullanadi.

Qihsloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 9363 ga, ekinzorlar 7076 ga, shu jumladan 3440 ga yerga paxta, 681 ga yerga yemxashak ekinlari, qisman grechixa ekiladi. Buloqboshi tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 56 dehqon va chorvachilik fermer xoʻjaliklari bor. Tuman xoʻjaliklari va xususiy fermalarda 3142 qoramol, 4140 qoʻy, 225 ot boqiladi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Andijon (tuman markazidan 22 km).

  1. „Wikipediya.uz“ (6 noyabr 2021 yil). Qaraldi: 19.07.2022 yil.