Pyer Buger
Qiyofa
(Bugerdan yoʻnaltirildi)
Pyer Buger (Bouguer) (1698.16.2, LeKruzaik, Bretan—1758.15.8, Parij) — fransuz fizigi, Fransuz Fanlar akademiyasi (Parij) aʼzosi (1731). Fotometriya asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari optika, geodeziya va gidrografiyaga doyr. B. dunyoda birinchi boʻlib yorugʻlik miqdori tushunchasini fanga kiritgan, muhitda yorugʻlikning kuchsizlanish qonunini ochgan (1729) (qarang Buger — Lambert—Ber qonuni). B. kemasozlik taraqqiyotida muhim boʻlgan navigatsiyaga doyr risolalar muallifi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |