Bucha qirgʻini
Bucha qirgʻini | |
---|---|
Sana | 2022-yil mart oyi |
Halok boʻlganlar | 1000 dan ortiq (Ukraina manbalariga koʻra)[1]. |
Tajovuzkorlar | Rossiya |
Bucha qirgʻini yoki Bucha genotsidi – Rossiya va Ukraina urushi vaqtida Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan Bucha shahri tinch aholisiga nisbatan sodir etilgan ommaviy qotillik[2]. Ukraina, Polsha, Latviya va Estoniya rasmiylari bu voqealarni genotsid sifatida taʼriflagan[3][4][5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„The Kyiv Independent“ nashrining yozishicha, 2022-yilning 4-mart kuni rus askarlari mashinada ketayotgan uch nafar tinch aholini oʻldirgan. 5-mart kuni tonggi soat 7:15 da Chkalova koʻchasiga tomon ketayotgan rus kuchlari oilaviy qochayotgan ikkita mashinaga duch keladi. Askarlar ikki mashinaga qarata oʻq uzgan va ikkinchi mashinadagi insonlarning oʻlimiga sabab boʻlgan. Mashinadagi ikki nafar bola va ularning onasi voqea joyida halok boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy qotilliklarni aks ettiruvchi ilk tasvirlar 2 aprel kuni, yaʼni Rossiya qoʻshinlari olib chiqib ketilganidan soʻng eʼlon qilina boshlandi. Bucha meri Anatoliy Fedorukning soʻzlariga koʻra, shaharda topilgan jasadlar orasida „yuzlab rus askarlar“i ham bor. Shundan soʻng, hujum vaqtida rus qoʻshinlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida koʻproq dalillar internetda paydo boʻla boshladi. Ukraina mudofaa kuchlari askarlarining fikriga koʻra, Bucha yaqinidagi Zabuchchyadagi yozgi lagerning yertoʻlasida oʻn sakkiz nafar erkak, ayol va bolalarning jasadlari topilgan.
CNN tomonidan eʼlon qilingan videolarda BBC va AFP jasadlarini Bucha koʻchalarida koʻrish mumkin. Ulardan baʼzilarining qoʻllari va oyoqlari bogʻlangan. BBC bir koʻchaning oʻzida 20 ta jasadni tekshirdi. Ularning baʼzilariga snaryad tekkan, baʼzilari esa tank tomonidan ezilgan.
Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisovaning soʻzlariga koʻra, rus askarlari „ukrainaliklar genotsidi“ paytida tinch aholiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qoʻllagan. Uning qayd etishicha, 2022-yil 6-aprelda tashkil etilgan ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarda 14 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan qizlar va ayollarni zoʻrlanishi boʻyicha kamida 25 ta holat qayd etilgan[6].
Shahar meri Anatoliy Fedorchuk bu voqealardan soʻng 412 jasad topilganini aytib oʻtdi. Dalillar qoʻllari orqaga bogʻlab tashlangan fuqarolarning juda yaqin masofadan otib oʻldirilganini tasdiqladi. Bu ayni paytda sudsiz-soʻroqsiz otib oʻldirilganliklarini isboti hamdir. Radio Free Europe tomonidan olib borilgan mustaqil surishtiruv natijasiga koʻra, rossiyalik askarlarning koʻp qavatli binolarning ostida oʻziga xos qiynoq xonasi tashkil etganlikligi aniqlandi. Bir necha jasadlar yoqilgan va parchalangan holatda topildi. Shuningdek, 14 yoshli qizlar rus askarlari tomonidan zoʻrlanganliklari taʼkidlandi. Ukraina International Criminal Court Cour pénale internationale xalqaro tashkilotidan Rossiyaning insoniyatga qarshi jinoyat amalga oshirgan yoki yoʻqligini aniqlash uchun Bucha shahrida mustaqil tatqiqod amalga oshirilishini soʻradi.
Rossiya tomoni boʻlsa, bu ayblovlarni rad etdi va Ukraina propagandasi tomonidan soxta surat hamda video tasvirlarning eʼlon qilinganini iddao qildi. Jumladan, jasad tasvirlangan suratlarning Gʻarbdan kelgan soxta xabarlar ekanligini, Ukraina tomonning provakatsiya olib borayotganini taʼkidladi. Rossiyaning bu kabi iddaolari bir qancha mustaqil va Xalqaro OAV tomonidan yoʻqqa chiqarildi. Buchadagi tinch aholining bergan guvohliklariga koʻra, bu jinoyatlarning ortida Rossiya harbiylari turganligi yana bir bor tasdiqlandi.
2022-yilning fevralida Ukraina urushining bir parchasi sifatida Rus harbiylari Belarussiyaning janubiy chegaralari orqali Ukrainaga kirgan edi. Bundan maqsad Ukraina poytaxti Kiyevga toʻgʻridan-toʻgʻri xavf solib, uni ishgʻol qilish boʻlgan. 27-fevral kuni qattiq hujumga oʻtgan rus harbiylari Bucha shahriga kirib bordi. Bucha shahri dastlabki hujum paytida ishgʻol qilingan hududlardan biridir. Ukraina harbiylarining maʼlumotlariga koʻra, Buchaga kirib borgan rus harbiylari 64-alohida motooʻqchi brigadasi boʻlib, bu brigada komandiri polkovnik Azatbek Omurbekov ekanligi aytiladi.
Rus harbiylari Kiyevning shimolidan chekina boshlagandan soʻng Ukraina harbiylarining hujumlari natijasida Bucha shahrida qolayotgan rus harbiy birliklari ham shimolga chekindi. Ukraina harbiylari 1-aprel kuni shaharga kirib bordi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Burying Bucha“. BBC News (2022-yil 6-aprel). 2022-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
- ↑ Forrest, Brett; Occhicone, Christopher. „In Ukraine, New Reports of War Crimes Emerge as Russians Retreat From Kyiv Area“ (en-US). Wall Street Journal (2022-yil 3-aprel). 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ Welle (www.dw.com), Deutsche „Ukraine: Germany's Scholz vows response over Bucha deaths — live updates | DW | 03.04.2022“. DW.COM. 2022-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
- ↑ „Polish PM calls the Bucha massacre 'genocide'“. 2022-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-aprel.
- ↑ „Latvian and Estonian parliaments say Russia committed genocide in Ukraine“. 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „25 women and girls say they were raped by Russian troops in Bucha - Ukrainian official“ (en-gb). BBC News (2022-yil 6-aprel). 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.