Kontent qismiga oʻtish

Brut, Mikelanjelo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brut — 1537-1538-yillarda Mikelanjeloga buyurtma qilingan, marmar byust. Donato Jannotti, respublikachi gumanist, „zolim“ Brutni oʻzining kumiri deb bilgan. Asarning birinchi egasi kardinal Nikkolo Ridolfi (1501-50) boʻlgan.

Bu ijod Italiyada, qadimgi Rim haykaltaroshligi yutuqlarini oʻrganish va oʻzlashtirish qanchalik yangi bosqichga oʻtganligini koʻrsatadi. Asar ham qiziqarli kompozitsiyani, ham dekorativlikdan yiroq yangi gʻoyaviy mushkulotga ega. Bu Rim diktatorining, respublika boshqaruvini tiklash uchun, qotil timsoliga yuzlanishi zolimlarga qarshi gʻoyaga ega boʻlgan va zamondoshlari fikrini soʻnggi siyosiy voqealarga, Florensiyada Medichilarning zolim hokimiyatini tiklashga, qaratilgan murojaat boʻlgan. Byustning zolimlarga qarshi mafkuraviy gʻoyasi shunchalik ravshan ediki, Mikelanjelo bu xavfli ishni toʻxtatishga koʻndirilgan va byust tugallanmagan holda qolgan. Asarning gʻayrioddiy badiiy fazilatlarigina uni yoʻq boʻlib ketishidan saqlab qolgan. Mikelanjeloning „Brut“ asari 16-asrda Gʻarbiy Evropada imperator hokimiyatining bir turi sifatida, absolyutizm shakllanishi davrida, rassomning respublika kayfiyatining yagona namunasi boʻlib qolgan.

Sovet sanʼatshunoslari bu asarni muallifning ilgʻor siyosiy intilishlarining dalili sifatida har tomonlama ulugʻlashgan. 1938-yilda A. K. Djivelegov, byust „hech qanday mubolagʻasiz Mikelanjelo tomonidan yaratilgan asarlarning eng yaxshisi“, deb taʼkidlagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Дживелегов А.. Микеланджело и Медичи. «Брут» // Микеланджело. М.: Молодая гвардия, 1938. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]