Broyl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Broyl (de Broli) (de Broglie) — akauka fransuz fiziklari: 1) Maurice de Broglie (1875—1960). Ilmiy ishlari rentgen spektroskopiyasi, atom va yadro fizikasiga oid; 2) Louis de Broglie (1892. 15.8, Dyep — 1987) — fransuz fizigi, prof., Parij FA haqiqiy aʼzosi (1933). Kvant mexanika asoschilaridan biri, materiyaning toʻlqin xususiyati toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surgan (1924). Ilmiy ishlari atom yadrosi tuzilishi, toʻlqin oʻtkazgichlarda elektromagnit toʻlqinlarning tarqalishi, fizika tarixi va uslubiyatlariga oid. Nobel mukofoti laureata (1929).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil