BroniKon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BroniKon (inglizcha: BronyCon)- bu „ Doʻstlik — bu moʻjiza“ animatsion teleseriali muxlislari uchun yillik Amerika konferensiyasi. Odatda Qoʻshma Shtatlarning sharqiy sohilida oʻtkaziladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi BroniKon 2011-yil iyun oyida Nyu-Yorkda (Manxetten) boʻlib oʻtdi va 100 ga yaqin ishtirokchilarni jalb qildi[1].

Ikkinchi uchrashuv 2011-yil sentabr oyida boʻlib oʻtdi. Unda 300 nafar ishtirokchi, jumladan, shouning nazoratchi direktori Jeyson Tissen mehmon sifatida ishtirok etdi.

2012-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan uchinchi yigʻilishda 700 ga yaqin kishi qatnashdi. Mehmonlar orasida animatsion serial qahramonlari ovozini ijro etgan uchta aktyor ham bor edi.

BroniConʼ2014 da Cosplay fotosessiyasi

Toʻrtinchi BroniKon 2012-yil 30-iyundan 1-iyulgacha boʻlib oʻtdi. Tashkilotchilar tadbirda mehmon sifatida ishtirok etish uchun Loren Faust va Discord ovozini ijro etgan aktyor Jon de Lansini taklif qilishga muvaffaq boʻlishdi. Bu tadbirga qiziqishning ortishiga sabab boʻldi.

Oltinchi BroniKon 2014-yilning 1-avgustidan 3-avgustiga qadar Baltimorda boʻlib oʻtdi va 9600 dan ortiq odamni oʻziga jalb qild

Avval boshdan BroniKon 2025-yilgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin BroniKonning 2018-yilgi bayramlarida uning 2019-yildagi nishonlanishi eng soʻnggisi boʻlishi eʼlon qilindi. BroniKon raisi Sheva Goldberg ushbu qarorning asosiy sababi fendomdagi faollikning tushishi ekanligini taʼkidladi:

Hamma fendomdagi vaziyat avvalgidek qolishini istasa-da, uning faolligi oxirgi yillar davomida asta sekin tushib bormoqda, lekin hayotdagi yagona doimiy narsa — bu oʻzgarishlar. Biz ham oʻzgarishimiz mumkin, ammo BroniKon ham avvalgidek boʻlmaydi.

2019-yilda yakuniy festival 10 mingdan ortiq ishtirokchilarni toʻpladi[2][3].

RuBroniKon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bronikonga oʻxshash tadbir Rossiyada, odatda Moskvada boʻlib oʻtadi.

Birinchi RuBroniKon 2012-yil yanvar oyida Moskvada boʻlib oʻtdi. 100 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Ikkinchi RuBroniKon — 2012-yil sentabrda. Uchinchi RuBroniKon — 2013-yilda. Toʻrtinchi RuBroniKon — 2014-yilda boʻlib oʻtgan[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]