Britaniya Birmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Britaniya Birmasi (inglizcha: British Burma) — XIX asr oʻrtalaridan 1948-yilgacha Janubi-Sharqiy Osiyodagi Britaniya mustamlakachiligining tuzilmasi. 1937-yilgacha koloniya Britaniya Hindistonining bir qismi edi.

1948-yilda Britaniya Birmasi mustaqillikka erishdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrdan ingliz mustamlakachiligi Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Sharqiy Himdiston kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Sharqiy Hindiston kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—1932-yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.

Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bosqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reaksiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone konferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.

Boshqaruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyi Birma bosh vakillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vakillik muddati Quyi Birma bosh vakillari[1]
1862-yil 31-yanvar — 1867-yil 16-fevral Artur Perves Fer
1867-yil 16-fevral — 1871-yil 18-aprel Albert Fitch
1871-yil 18-aprel — 14 апреля 1875-yil 14-aprel Eshli Iden
1875-yil 14-aprel — 1878-yil 30-mart Ogastes Tompson
1878-yil 30-mart — 1880-yil 2-iyul Charlz Etchinson
1880-yil 2-iyul — 2 марта 1883-yil 2-mart Charlz Edvard Bernard
1883-yil 2-mart — 1886-yil 26-fevral Charlz Todd

Birma bosh vakillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vakillik muddati Birma bosh vakillari[1]
1886-yil 26-fevral — 1886-yil 25-sentyabr Charlz Todd
1886-yil 25-sentyabr — 12 марта 1887-yil 12-mart Charlz Edvard Bernard
1887-yil 12-mart — 10 декабря 1890-yil 10-dekabr Charlz Todd
1890-yil 10-dekabr — 3 апреля 1895-yil 3-aprel Aleksandr Makkenzi
1895-yil 3-aprel — 1897-yil 1-may Frederik Villiam Frayer

Birma General-gubernatorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vakillik muddati Birma General-gubernatorlari[1]
1897-yil 1-may — 1903-yil 4-aprel Frederik Villiam Frayer
1903-yil 4-aprel — 1905-yil 9-may Hyu Barns
1905-yil 9-may — 1910-yil 19-may Gerbert Vayt
1910-yil 19-may — 1915-yil 28-oktyabr Харви Адамсон Harvi Adamson
1913-yil 15-may — 1913-yil 1-noyabr Jorj Shou
1915-yil 28-oktyabr — 1917-yil 22-sentyabr Spenser Harkot Batler
1917-yil 22-sentyabr — 1918-yil 15-fevral Uolter Rays (vazifasini bajaruvchi)
1918-yil 15-fevral — 1922-yil 21-dekabr Rejinald Kreddok
1922-yil 21-dekabr — 1923-yil 2-yanvar Spenser Batler

Birma gubernatorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vakillik muddati Birma gubernatorlari[1]
1923-yil 2-yanvar — 1927-yil 20-dekabr Spenser Harkot Batler
1927-yil 20-dekabr — 1932-yil 20-dekabr Charlz Innes
1932-yil 20-dekabr — 8 мая 1936-yil 8-may Hyu Stefenson
1936-yil 8-may — 1941-yil 6-may Archibald Kokreyn
1941-yil 6-may — 1946-yil 31-avgust Rejinald Dorman-Smit

Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vakillik muddati Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi[1]
1942-yil 20-aprel — 1943-yil 18-mart Iida Syodziro
1943-yil 18-mart — 1944-yil 30-avgust Kavabe Masakadzu
1944-yil 30-avgust — 1945-yil 14-avgust Xeytaro Kimura

Birma ma’muriyati rahbari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba Mo — (1942-yil 1-avgust — 1943-yil 1-avgust)

Davlat boshlig‘i[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba Mo — (1943-yil 1-avgust — 1945-yil 3-may)

Birma harbiy gubernatorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luis Mauntbatten — (1944-yil 1-avgust — 1945-yil oktyabr). Gubert Rans — (1945-yil oktyabr — 1946-yil 31-avgust)

Gubernator[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gubert Rans — (1946-yil 31-avgust — 1948-yil 4-yanvar)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ben Cahoon. „Myanmar (Burma)“. WorldStatesmen.org. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Walter Sadgun Desai (1968). History of the British Residency in Burma. London: Gregg International. ISBN 0576031526.
  • J. S. Furnivall, "Burma, Past and Present", Far Eastern Survey, Vol. 22, No. 3 (25 February 1953), pp. 21–26, Institute of Pacific Relations.
  • Ernest Chew, "The Withdrawal of the Last British Residency from Upper Burma in 1879", Journal of Southeast Asian History, Vol. 10, No. 2 (Sep. 1969), pp. 253–278, Cambridge University Press.
  • Michael W. Charney: Burma, in: 1914-1918-online. International Encyclopedia of the First World War.