Brisbane Skytower

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brisbane Skytower
Umumiy maʼlumot
Shahar Brisben
Mamlakat Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Qurilishi boshlangan 2012-yil
Qurilishi tugagan 2019-yil
Balandligi
Balandligi 269.6 metr
Texnik holati
Qavatlar soni 90
Dizayn va konstruksiya
Arxitektor firma Hutchinson Builders
Quruvchi Noel Robinson Architects / Nettletontribe
brisbaneskytower.songproperties.com.au
Brisbane Skytower

Brisben Skytower (269.6 metr) Avstraliyaning Brisben shahri Margaret koʻchasi 222-uydagi osmonoʻpar bino. Brisben Skytower 90 qavatli turar-joy minorasi boʻlib Brisbendagi eng baland bino. Avstraliya va Okeaniyada oltinchi eng baland bino hisoblanadi[1]. Dunyo boʻyicha Brisbane Skytower 349-eng baland bino hisoblanadi.

Brisbane Skytower 111+222 loyihasidagi ikkita binolardan biri; ikkinchisi Meri koʻchasi 111-uyda joylashgan 42 qavatli, besh yulduzli Westin mehmonxonasi boʻlib, u 2015-yilning sentyabr oyida Felicity Hotel Group kompaniyasiga sotilgan va hozirda Meri Leyn nomi bilan tanilgan[2].

Turar-joy minorasi 1138 ta bir, ikki va uch xonali kvartiralarni shuningdek, penhauslarni oʻz ichiga oladi. 89-qavatdagi dam olish maydonchasida Avstraliyaning eng baland suzish havzasi joylashgan[3]. Sakkiz qavatli yertoʻladagi avtoturargoh boʻlib, jami 980 oʻrinni oʻz ichiga oladi[4].

Loyiha Billbergia va AMP Capital tomonidan AQShning Invesco giganti mablagʻlari bilan taʼminlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Billbergia Group va AMP Capital tomonidan 270 metr va 131 mert balandlikdagi ikkita osmonoʻpar bino taklif qilingan. 2014-yil oktyabr oyida Brisben shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Hutchinson Builders 2016-yil boshida loyihani qurish uchun maʼsul qilib tayinlangan edi[5][6].

2017-yilda aholiga binoning qolgan qismi qurib bitkazilmasdan turib, koʻchib oʻtishga ruxsat berildi.

Dizayn va joylashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino markaziy biznes tumanining janubida, shahar botanika bogʻiga yaqin joylashgan. Brisben Skytower Brisben xalqaro aeroportidan 17 kilometr uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin trenajer stantsiyasidan 11 daqiqalik yoʻl. Toʻxtash joyi uchun qoʻshimcha toʻlov mavjud.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Brisbane Skytower — The Skyscraper Center.
  2. „Business News From Australia & World | afr.com“. www.afr.com. Qaraldi: 26-sentabr 2016-yil.
  3. „New Brisbane residential tower to become city's tallest“. news.com.au. News Limited (8-noyabr 2014-yil). 18-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2014-yil.
  4. Tony Moore. „'Bon-Bon' tower to hit 274 metres“. Brisbane Times (8-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2011-yil.
  5. Rosanne Barrett. „Skytower just part of hole story“. The Australian (22-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2014-yil.
  6. „Brisbane's tallest tower on its way“. Editorial Desk AAU. Architecture Media Pty Ltd (16-aprel 2015-yil). Qaraldi: 20-aprel 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]