Brian Mullen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brian Mullen
Brian Mullen, 2019-yil 30-noyabr
Tugʻilgan joyi 16-mart 1962-yil (1962-03-16) (62 yosh)
New York City, New York, AQSh
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 180 lb (82 kg; 12 st 12 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Winnipeg Jets
New York Rangers
San Jose Sharks
New York Islanders
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 128-tanlov, 1980
Winnipeg Jets
Jamoalardagi faoliyat 1982—1993

Brian Patrick Mullen (talaffuzi: Brian Mullen; 1962-yil 16-martda tugʻilgan) — Winnipeg Jets, New York Rangers, San Jose Sharks va New York Islanders jamoalarida NHLda oʻn bir mavsum oʻynagan amerikalik sobiq professional xokkeychi. Mullen NHL 832 oʻyinida 260 gol va 622 ochko, shuningdek, 62 mavsumdan keyingi oʻyinda 30 pley-off ochkosiga ega.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mullen New Yorkning Hell’s Kitchen mahallasida oʻsgan. U akasi Joe Mullen bilan bolaligida Manhattan koʻchalarida rolikli xokkey oʻynagan. „New York Rangers“ jamoasiga qisqa vaqt ishga kirganidan soʻng, unga „Rangers“ bosh murabbiyi Emile Francis qoʻl ostida kichik liga jamoasida oʻynashga taklif qilishgan.

Mullen Wisconsin-Madison universitetida sport stipendiyasini qoʻlga kiritgan vaa u yerda afsonaviy xokkey boʻyicha kollej murabbiyi Bob Johnson qoʻl ostida oʻynagan[1].

Brian Mullen 1988-yilda.

Mullen 1980-yilgi NHLga kirish draftining yettinchi bosqichida Winnipeg Jets jamoasi tomonidan jamoa tarkibiga tanlangan. Ikki yil oʻtgach, u Jets bilan shartnoma imzolagan va oʻzining yangi mavsumida 24 gol va 50 ochko toʻplagan. U oʻzining tugʻilgan shahri New York Rangers jamoasiga qoʻshilishdan oldin Winnipeg bilan besh mavsum oʻtkazgan va u yerda toʻrt mavsum o'ynagan. Mullen, shuningdek, 1989 va 1991-yilgi Jahon kubogi turnirlarida Rangers jamoasi Stanley kubogi pley-offning birinchi bosqichida nokautga uchraganidan keyin (u 1984-yilgi Kanada kubogi jamoasi aʼzosi ham boʻlgan) AQSh jamoasini himoya qilgan. Mullen 1991—1992-yilgi mavsumni „Sharks“ safida oʻtkazgan, keyingi mavsumda esa Islanders jamoasiga oʻtgan[2].

Brian Mullen, 2019-yil 30-noyabr, New Jersey shtati Somerset shahridagi Protec Ponds oʻquv markazida Junior Rangers xokkey dasturida.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
    Doimiy mavsum   Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1977—1978 New York Westsiders NYJHL 33 21 36 57 38
1978—1979 New York Jr. Rangers NYJHL 36 47 45 92
1979—1980 New Jersey Rockets NYJHL 23 45 31 76
1980—1981 University of Wisconsin WCHA 38 11 13 24 28
1981—1982 University of Wisconsin WCHA 33 20 17 37 10
1982—1983 Winnipeg Jets NHL 80 24 26 50 14 3 1 0 1 0
1983—1984 Winnipeg Jets NHL 75 21 41 62 28 3 0 3 3 6
1984—1985 Winnipeg Jets NHL 69 32 39 71 32 8 1 2 3 4
1985—1986 Winnipeg Jets NHL 79 28 34 62 38 3 1 2 3 6
1986—1987 Winnipeg Jets NHL 69 19 32 51 20 9 4 2 6 0
1987—1988 New York Rangers NHL 74 25 29 54 42
1988—1989 New York Rangers NHL 78 29 35 64 60 3 0 1 1 4
1989—1990 New York Rangers NHL 76 27 41 68 42 10 2 2 4 8
1990—1991 New York Rangers NHL 79 19 43 62 44 5 0 2 2 0
1991—1992 San Jose Sharks NHL 72 18 28 46 66
1992—1993 New York Islanders NHL 81 18 14 32 28 18 3 4 7 2
NHLdagi ochkolari 832 260 362 622 414 62 12 18 30 30

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM
1980 United States WJC 5 2 3 5 0
1981 United States WJC 5 0 2 2 6
1984 United States CC 4 0 0 0 0
1989 United States WC 10 2 3 5 4
1991 United States WC 10 4 4 8 6
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 10 2 5 7 6
Kattalar jamoasidagi ochkolari 24 6 7 13 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sawatzky, Mike. „Mullen strolls down memory lane“. Winnipeg Free Press (21-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 28-mart 2017-yil.
  2. Cohen, Russ; Halligan, John; Raider, Adam. 100 Ranger Greats: Superstars, Unsung Heroes and Colorful Characters. John Wiley & Sons, 2009 — 34 bet. ISBN 978-0470736197.