Bremenskiye razboyniki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bremenskiye razboyniki
Rejissyor(lar) Aleksey Lukyanchikov
Svyatoslav Ushakov
Prodyuser(lar) Vlad Ryashin
Pavel Stepanov
Oleg Kirillov
Rollarda Dina Garipova
Maksim Matveyev
Natalya Podolskaya
Bastakor(lar) Arkadiy Ukupnik
Mamlakatlar Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Vengriya bayrogʻi Vengriya
Armaniston

Bremenskiye razboyniki (ruschadan tarjimasi Bremen qaroqchilari) — aka-uka Grimmlarning Bremenlik mashshoqlar ertagi asosida rejissorlar Aleksey Lukyanchikov va Svyatoslav Ushakov tomonidan suratga olingan xalqaro miqyosda ishlab chiqilgan rus komediya-sarguzasht animatsion filmi. Film Rossiyada 2016-yil 10-noyabrda namoyish etilgan. Loyiha toʻrt davlat homiyligida amalga oshirilgan: Rossiya (Star Media), Vengriya, Ukraina (Poplavok Studio), Armaniston (Banzay Production)[1].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Multfilm oʻzining sodiq hayvon doʻstlari — eshak Gretxen, mushuk Zigmund, xoʻroz Petruchcho va Baskervillar buldogi bilan birgalikda — uzoq vaqtdan beri qiroli boʻlmagan, lekin ayyor va ochkoʻz Vazirlar uni yosh va sodda malika nomidan boshqarayotgan, Qirollikning jinoiy kuchlariga qarshi kurashayotgan qaroqchi Trubin Gud haqida hikoya qiladi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Natalya Podolskaya — malikaning qoʻshiq aytgandagi ovozi.

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil oktabr oyida „Bremenskiye razboyniki“ning ukrainalik produseri Vladislav Ryashin multfilm ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida ekanligini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, film aka-uka Grimmlarning „Bremen musiqachilari“ ertagi asosida yaratilgan va shunday nomdagi sovet multfilmiga hech qanday aloqasi yoʻq[2]. Ryashin shuningdek, asosiy qahramonlar Potap va Nastya Kamenskiy tomonidan ovoz berishini qoʻshimcha qildi[2], lekin 2016-yil noyabr oyida ular Nadejda Dorofeeva va Dmitriy Todoruk tomonidan ovoz berilgani eʼlon qilindi[3][4].

Namoyishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 10-noyabrda Rossiya va MDH mamlakatlarida (Ukrainadan tashqari) „Bremenskiye razboyniki“ filmining premyerasi boʻlib oʻtgan. Animatsion film 950 ta ekranga chiqqan va birinchi dam olish kunlarida taxminan 21 000 000 rubl daromad olgan. Rossiya va MDH davlatlarida (Ukrainadan tashqari) kassa tushumlarining umumiy hajmi 37 000 000 rublni (574 000 dollar) tashkil etgan[5].

„Bremenskiye razboyniki“ filmining Ukrainadagi premyerasi 2016-yil 1-dekabrda boʻlib oʻtgan. Multfilmning televizion premyerasi 2017-yil 1-aprelda „Noviy kanal“da boʻlib oʻtgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]