Bramshill saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bramshill saroyi Britaniyaning shimoli-sharqidagi Bramshill shahrida joylashgan. Saroy XVII asrning boshlarida Xarringvortdagi baron Zuche XI tomonidan qurilgan. Ammo bir necha yil o'tgach, yong'in natijasida katta qismi vayron bo'lgan. Bino dizaynida XVI asrda mashhur bo'lgan Italiya Uyg'onish davri uslubini ko'rish mumkin. Uy 1952-yilda qayta ro'yxatga olingan.

Saroyning janubiy tomoni o'zining dekorativ arxitekturasi bilan ajralib turadi. Uning asosiy kirish eshigi ustida katta oriel oynasi mavjud. Interyer qismida 92 ta gerb tasvirlangan katta zal, bezaklarga boy mehmonxonasi mavjud. Saroy bo'ylab ko'plab ustun va frizlar joylashgan. Bir nechta xonalarning panelli devorlarida tarixiy shaxslar va voqealar tasvirlangan katta gobelenlar(qo'lda to'qilgan gilamlar) mavjud. Uy atrofida ko'plab bog'lar bo'lib, ular asosan XVII asrda barpo etilgan. Ushbu bog'lar XVII - XX asrlar davomida obodonlashtirib borilgan.

Saroydagi kriket maydonchasi 1823-yildagi Hempshir jamasi hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga ilk bor mezbonlik qilgan. 1825–1826 yillarda yana uchta katta o'yinlar ushbu maydonda bo'lib o'tgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida saroy bir necha yillar davomida surgun qilingan Britanya qiroli Maykl va Ruminiya qirolichasi Annaning qarorgohiga aylantirilgan. 1960-yilda saroy Politsiya xodimlari kollejiga aylandi. Keyinchalik Evropa politsiya kollejining qarorgohiga aylantirildi. Natijada, saroyga ko'plab kampus binolar qo'shildi. Ta'mirlash xarajatlarining oshishi tufayli Bramshill saroyi 2014-yil avgust oyida City&Country tashkilotiga sotilgan.

Hampshire uchun hali joylashuv xaritasi mavjud emas.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yildagi Hugh de Portning "Domesday Book" kitobida Bromselning(ingliz-norman imlosida) ikkita manorlari ro'yxati keltirilgan[1].

XIV asr boshlarida xazinabon[2] ser John Foxley(1270 - 1325) hozirgi saroy o'rnida, Bramshill qishlog'ida ibodatxona qurishni va'da qiladi[3] Johnning birinchi rafiqasi Konstans de Bramshill, Bramshill oilasining merosxo'ri edi. Ularning o'g'li Thomas Foksli (1305 - 1360-yil) 1325-yilda Berkshir deputati bo'ldi[4]. 1347-yilda Thomas Bramshill 2,500 ga maydonni o'z ichiga olgan saroy yoki kichik qal'a qurish uchun litsenziya oldi[5]. 1351 - 1360-yillarda qurilgan uyning qalin devorlari, yerto‘lalari va o‘lchami 30x20 metr bo‘lgan ichki hovlisi bor edi[4][6][7].

Inshoot Fokslilar oilasi va ularning merosxo'rlari Essekslar oilasi[6] qo'lida 1499-yilgacha, Baron Daubeney I ning Daubeney Gilesga sotguniga qadar qoldi. Gilesning o'g'li Genri Daubeney(Bridyuoter grafi) mulkni Genriga VIII sotdi[6].

Yangi manor saroyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lord Zouche eski binoning katta qismini buzib tashladi va bugungi kundagi Bramshill saroyini qurishni boshladi. Henry Shaw Zouche qurgan yangi saroyni "Elizabetning namunasi" deb ta'riflaydi. Saroy arxitekturasi alohida e'tiborga sazovor bo'ldi. Katta va baland xonadonlar o'z davrning eng mahobatli binolaridan biri ekanligini ko'rsatadi[8].

1634-yilda Zouche vafotidan so‘ng saroy kutubxonasida 250 ta kitob, matematik asboblar to‘plamiga ega ekanligi ko‘rsatilgan[9]. James Zouch, Edvard la Zouchening nabirasi 1637-yilda Antrim grafiga ushbu mulklarni sotgan. Shunda saroy mebellari 2,762 funt sterlingga baholangan[9]. Charlz hukmronligi davrida saroy qisman yong'in natijasida vayron bo'ldi. 1640-yil 25-iyunda lord Antrim Bramshillni janob Robert Xenliga 9500 funt sterlingga sotdi[6]. 1673-yilda bu uning o'g'li janob Andrew Henleyning mulki edi[8].

  1. „Bramshill“. Hampshire Gazetteer – JandMN: 2001. Qaraldi: 2015-yil 12-yanvar.
  2. Ford. „Biographies: John Foxley (d. 1325)“. Royal Berkshire History. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
  3. Jeans 1906.
  4. 4,0 4,1 Ford. „Biographies: Thomas Foxley (d. 1360)“. Royal Berkshire Society. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
  5. Page 1911.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Cope 1883.
  7. „Places & People“. National Register of Historic Parks and Gardens (2010-yil 17-oktyabr). 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
  8. 8,0 8,1 Shaw 1839.
  9. 9,0 9,1 Cliffe 1999.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]