Boʻri odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Bo'ri odam" (qadimgi yunon tilida λυκάνθρωπος lukánthrōpos, odam bo'ri) ilk bor yunon keyinchalik yevropa xalq og'zaki ijodida tez-tez namoyon bo'ladigan inson ko'rinishidan qisman yoki butunlay bo'riga aylana oladigan kuchli shakl almashtiruvchilardan biri. Bo'ri odamlar qanday yaralgani haqida turlicha afsonalar mavjud lekin ular orasida Likaon va Zevs orasidagi mojaro eng mashhurlaridan hisoblanadi. Afsonalarga ko'ra: Pelagusning o'g'li Likaon ma'budlardan nafratlangan va ularni keraksiz jonzotlar deb hisoblagan. Kunlarning birida u oliy xudo Zevsni o'z qasriga kechki ovqatga taklif qilgan, Zevs kelganida esa uni tahqirlab ovqat o'rnida o'ldirib qo'l-oyoqlari pishirilgan o'spirinni olib kelishgan. Bunday holatga chidab turolmagan Zevs Likaon va uning oilasini tunlari g'azabi qo'zib har qanday kimsani o'ldirishga tayyor bo'ladigan qisman bo'rilarga o'xshaydigan mahluqlarga aylantirib qo'ygan.

Zevs va Likaon
Jahli chiqqan Zevs Likaonni bo'ri odamga aylantirib qo'ydi.
Bo'ri-odam
1941-yil, noyabr, uvillayotgan bo'ri-odam surati

Ammo bu afsonalarga qaramasdan folklor 15-16-asrlarda butun Yevropa bo'ylab tarqaldi va nasroniy folklorlariga aralashib ketdi. 17-asrga kelib bo'ri-odam yoki likantrop vas-vasasi Yevropani qamrab oldi va cherkovlar jodugarlikda ayblanganlarni endi bo'ri-odam deb ham ayblay boshlashgandi. 18-asrga kelib Yevropa cherkovlari g'ayritabiiy jonzotlarni asosan uch turga: "jodugarlar", "bo'ri-odamlar" va "vampirlar"ga bo'lgandi ammo asr oxiriga kelib bunday jonzotlar shunchaki bolalar ertagiga aylanib qoldi.

Kino sanoatida bo'ri-odam atamasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino sanoati rivojlangani sari, Gollivud rejisyorlari turli yevropa xalqlarining folklorlaridan ilhomlanib undagi jonzotlarni filmlarga odabtatsiya qilishni boshlab yuborishgan. Asl afsonadan farqli ravishda filmlarda vampirlar va bo'rilar bir-birlariga yaqin jonzotlar hisoblanishadi. Bu bog'liqlik haqida ham afsona bor bo'lib unda: Inadu ismli jodugar qasos sifatida o'z qishloqdoshlarini quyosh va oyning qullariga aylantirib qo'ygan. Ya'ni quyoshning qullari vampirlar bo'lib ular ochiq quyoshda kulga aylanib ketardi. Oyning qullari esa bo'ri-odamlar bo'lib ular to'lin oyda nazoratni butkul yo'qotib vahshiy mahluqqa aylanardi va bo'ri-odam qancha ko'p begunohlarni o'ldirsa u o'z insoniyligidan shunchalar tez ajralardi. (Bu hikoya Vampirlar kundaligi seriali uchun mahsus yaratilgan)