Bozor konʼyunkturasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bozor kon’yunkturasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bozor konʼyunkturasi — muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi. Shunga koʻra Bozor konʼyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor konʼyunkturasi talabning oshishi bilan harakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konʼyunktura haridor uchun qulay boʻladi — tovarni arzonga olib, naf koʻradi.

Bozor konʼyunkturasi ni oʻrganishda tahlil etiladigan asosiy masalalar: ishlab chiqarish, talab va taklif; tovar va uni sotish; xalqaro savdo; narxlar holatlari; 1—1,5 yil uchun oldindan ayrim taxminlar. Bozor konʼyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarish miqyosiga va sotib oluvchilarning harid qobiliyatiga, narxnavoga, modaning oʻzgarishiga qarab har xil boʻladi. Bozornknt kelajakdagi holatini — tovarlar taklifini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qoʻshimcha resurslar va ularning qaytim berish muddatlari, tovar zaxiralari oʻsishi, eksport va import, shuningdek narxnavodagi oʻzgarishlar yoʻnalishiga qarab aniqlash mumkin, ikkinchi tomondan, investitsiya summasi va tarkibiga. korxona, tashkilotlar pul sarfining yoʻnalishiga qarab, shuningdek aholi harid qobiliyatini, uning tovarlar bilan taʼminlanishi darajasini hisobga olib tovarlar talabi oʻrganiladi. Bozor konʼyunkturasi ni oʻrganish marketingning zaruriy shartlaridan biridir. Buning uchun dastlab oʻrganilishi lozim boʻlgan obʼyekt aniqlanib, konʼyunktura maʼlumotlarini beruvchi manbalar va asosiy koʻrsatkichlar bilan tanishib chiqiladi, toʻplangan maʼlumotlarga tayanib Bozor konʼyunkturasi ning haqiqiy holati aniqlanadi va istiqbollar belgilanadi.

Bozor konʼyunkturasi taxminlari millim, mintaqaviy va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga nisbatan aniklanadi. Bozor konʼyunkturasi ni oldindan koʻra bilish iqtisodiy tanglikka yoʻliqmaslik, bozor muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil