Bozor islohotlari instituti (muassasa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bozor islohotlari instituti, Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga qaraydi. Qoʻmitaning koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari ilmiy tadqiqotlar markazi negizida 1997-yilda Toshkentda tashkil etilgan. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: Oʻzbekistonda bozor islohotlari jarayonlarini tahlil qilish, iqtisodiyotni isloh qilishning jahon tajribalarini oʻrganish, respublikada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash; iqtisodiyot xususiy sektorining jadal rivojlanishini ragʻbatlantirish va mulkdorlar huquqlarining kafolatini kuchaytirish, qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish va b.dan iborat. Institut tarkibida quyidagi boʻlimlar bor (2000): institutsional oʻzgarishlar va bozor islohotlarini chuqurlashtirishning ilmiy asoslari; xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni qoʻllab quvvatlash; kichik va oʻrta tadbirkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantirish; bozor infratuzilmalarini rivojlantirish; qishloq xoʻjaligida institutsional oʻzgarishlar; xorijiy sarmoyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish; davlat mulkini boshqarishni tashkil qilish; hisoblash va kompyuterlashtirish tizimlari; axborot taʼminoti. Institutda professor va fan dlari, 4 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil