Bozon ibn Soson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bozon ibn Soson (arabcha: باذان ابن ساسان) – forslarning yetakchisi va Xusrav II davrida (590-628) Yamandagi sosoniylar hokimi[1] . U Sanodan turib hukmronlik qilgan.

Muhammad alayhissalom Islom e’tiqodini targ‘ib qila boshlaganlaridan so‘ng, Bozon bu yangi e’tiqod haqida Xusravga xabar yuborgan. Muhammad alayhissalom Xusravga maktub yo‘llab, unga Islomni qabul qilishni taklif qilgan edilar. Xusrav maktubni yirtib tashlagan va Bozonga Madinaga Muhammad alayhissalomni Xusravning oldiga – Ktesifonga olib kelish uchun bir necha kishi yuborishni buyurgan. Bozon bu ish uchun ikki kishini yuboradi. Bu ikki kishi Muhammad alayhissalomni uchratib, ular bilan birga kelishni talab qilganlarida, u zot rad etganlar. Ularga Xusravning o‘g‘li Kubod II tomonidan taxtdan ag‘darilgani va o‘ldirilgani, xuddi maktubni yirtgandek uning qorni ham yirtilganini xabar beradilar. Shuningdek, agar Bozon Islomni qabul qilsa, taxtini saqlab qolishini bildirganlar[2] . Ikki kishi Xusrav haqidagi xabarni olib, Bozonning oldiga qaytishadi. Bozon bu xabarning rostligi ayon bo‘lishini kutadi. Xabar to‘g‘ri chiqqach, Bozon islomni qabul qiladi[2][3]. Elchi sifatida yuborilgan ikki kishi, Yamanda va Yaman tashqarisida yashovchi forslar Bozondan o‘rnak olib, Islomga kiradilar. Shundan so‘ng Bozon Muhammad alayhissalomga xabar yuborib, Islomni qabul qilgani haqida xabar beradi. U turli qirolliklarning o‘sha paytda yamanlik arablar bilan savdo aloqalari bo‘lgan hududlariga, masalan, forslar nazoratidagi Seylon, Malaya, Malayana, Bettella (Potala) va boshqalarga xabarlar yuborgan hamda bu joylarda masjidlar qurishni buyurgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]