Boyqaro mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boyqaro mirzo (1393—1423) - Hamadon va Luriston hokimi (1414— 15). Temurishshrst. Umarshayx Mirzotshg oʻgʻli. 1410 yilgacha Shohrux Mirzo saroyida, soʻng akasi, Iroq va Fors viloyatlari hokimi Iskandar Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shohrux B.M.ga Hamadon shahri, Vuruja va Nahovand qalʼalari hamda butun Luristonni suyurgʻol qilib bergan (1414). B. M. Iskandar Mirzo qutqusi bilan 1415 yil Shohruxga qarshi isyon koʻtargan va shu yilning 9 iyunida Sherozni egallagan. Shohrux katta qoʻshin bilan shaharni qamal qilib, uni 8 noyabrda qayta egallaydi, B. M. taslim boʻladi. Shohrux uni dastlab Qandahorga — Qaydu Mirzo huzuriga, biroq u yerda ham isyonkorlik belgilari ayon boʻlgach, 1417 yil Samarqandga joʻnatgan. Koʻp oʻtmay B. M. lashkargohda qatl etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil