Botrik toʻpgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Botrik to‘pguldan yoʻnaltirildi)

Botrik toʻpgul (yun. botrys — shingil, shoda) — monopodial (oddiy) shoxlanadigan toʻpgul. Gullari pastdan yuqori tomonga navbat bilan ochiladi. Dastlab poyaning pastki tomonidagi, soʻngra poyaning eng uchida joylashgan gullar ochiladi. Gul oʻqining oʻsishi uzoq davom etadi. Botrik toʻpgul oddiy (shingil, boshoq, soʻta, soyabon, kallakcha, shoda, savatcha) va murakkab (murakkab boshoq, soyabon, murakkab qalqon) boʻladi. Botrik toʻpgul ning aksi simoz toʻpguldir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Botrik toʻpgul" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil