Bosh qorakoʻl kollektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bosh qorako‘l kollektoridan yoʻnaltirildi)

Bosh qorakoʻl kollektori — Buxoro viloyatida AmuQorakoʻl kanali zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik kilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-yilda qurilgan. B. Bosh qorakoʻl kollektori tarkibida Yomonjar nasos st-yasi ham ishlaydi. B. Bosh qorakoʻl kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga kuyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi 11,4 m³/sek. B. Bosh qorakoʻl kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yigʻuvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bosh qorakoʻl kollektori" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil