Boraboy ko‘li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boraboy ko‘li
40°48′14″N 36°9′13″E / 40.80389°N 36.15361°E / 40.80389; 36.15361 G OKoordinatalari: 40°48′14″N 36°9′13″E / 40.80389°N 36.15361°E / 40.80389; 36.15361 G O
Boraboy ko`lining ko`rinishi.
Boraboy ko`lining ko`rinishi.
MamlakatTurkiya Turkiya
Yuzasi4 km²
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi675 km
Eng katta chuqurligi11 m
Oʻrtacha chuqurligi4 m

Boraboy koʻli (turkcha: Boraboy Gölü or Kocabey Gölü) – Turkiyaning Amasiya viloyatidagi koʻl. Koʻl va uning atrofi 2014-yilda tabiat bogʻi deb eʼlon qilingan.

Koʻl Amasiya viloyatining Tashova tumani hududida, Boraboy shaharchasining gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻldan Tashvagacha boʻlgan masofa 1 km (13 milya) va Amasiyaga boʻlgan masofa esa 61 km (38 milya)ni tashkil etadi[1]. Koʻl dengiz sathidan 1051 m (3448 fut) balandlikda, Qora dengiz togʻlaridagi vodiyda joylashgan. Boraboy koʻli daryo koʻchkisi tufayli hosil boʻlgan. Koʻchki toʻgʻoni keyinchalik suv toshqini tufayli boʻlinib ketmasligi uchun beton toʻsiqlar bilan mustahkamlangan[2]. Boraboy koʻlining uzunligi 675 m (2215 fut) va maksimal kengligi 175 m (574 fut) ga teng[3]. Koʻlning umumiy maydoni taxminan 4 gektar (9,9 akr) va maksimal chuqurligi 11 m (36 fut)[1][2].

Tabiat bogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boraboy koʻl hududi 2014-yilda Atrof-muhit va oʻrmon vazirligi tomonidan milliy tabiat parki deb eʼlon qilingan. Koʻl 259 gektar (640 akr) maydonni egallaydi, asosan oʻrmon va bir qismi qishloq xoʻjaligi maydonidir. Milliy tabiat parkining oʻrtacha balandligi 1215 m (3986 fut). Eng baland joyi Kaleboynu tepaligi boʻlib, tepalik 1383 m (4537 fut)[2]. Tabiat bogʻining shimoliy yonbagʻirlarida sharq olxasi (Fagus orientalis), qora qaragʻay (Pinus nigra), shotland qaragʻayi (Pinus sylvestris L.), eman (Quercus cerris) va endemik eman keng tarqalgan boʻlib, koʻplab oʻsimlik turlari mavjud. Koʻlning janubiy yon bagʻirlari asosan xilma-xil butalardan iborat[2]. Boraboy koʻli yaqinida oʻrmon xoʻjaligi vazirligi va Boraboy shahar hokimligining turar-joy binolari mavjud[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „2012 Çevre Durum Raporu: Amasya - 2013“ (Turkish). Çevre ve Şehircilik Bakanlığı. 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Borabay Gölü - Amasya“ (Turkish). Türkiye Kültür Portalı. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Borabay Gölü Tabiat Parkı İlan Edildi“ (Turkish) (2014). 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.