Boqi rahimzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boqi rahimzoda (1910. 5. 10 Dushanba — 1980) — Tojikiston xalq shoiri (1974). "Tuhfa", "Hayot va soʻz" (1954), "Chashma" (1957), "Hayot bahori" (I960), "Sheʼrlar" (1963) va boshqa asarlarida tojik xalqi hayoti, oʻz zamondoshlarining mehnatdagi fidokorligi, oʻykechinmalari va tashvishlari tarannum etiladi. B. R. dramaturgiya sohasida ham salmoqli ijod qilgan. "Taʼrifxoʻjayev qissasi" (Dehotiy bilan hamkorlikda, 1953) komediyasi, "Tilga kirgan chinor" (1955), "Oltin beshik" (S. Saidmurod bilan hamkorlikda, 1956) pyesalari tojik teatrlari repertuaridan urin olgan. "Oʻtilgan yoʻl" (1967) sheʼrlar toʻplami, "Orzu bahori" turkum asarlari uchun Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. B. R. Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Zulfiya va boshqa oʻzbek shoirlari asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Uning "Tarona" nomli sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bosilgan (1968).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil