Bolaning psixomotor rivojlanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolaning psixomotor rivojlanishi

1-oylik chaqaloq

1-oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️600-1000 g vazn yigʻadi. ▪️Turli xil tovishlar chiqaradi, rangli jismlarga qaraydi, onasini taniydi. ▪️Oyoq va qoʻllarida tartibsiz harakatlar qiladi. ▪️3-4 kunligida fiziologik sariqlik boshlanib, 15 kunligida yoʻqoladi. ▪️Uyqusining davomiyligi 16 soat.

2-oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Vertikal holatda boshini ushlashga harakat qiladi ▪️Harakatdagi narsalarga nigohini tikadi, kuladi. ▪️Ko'z qorachigʻi harakati tekis, toʻgʻri. ▪️Erkalab gapirganlarga qarab kuladi.

3-oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Qoʻl oyoqlardagi, ayniqsa yelkadagi harakat hajmi ortib boradi. ▪️Vertikal holatda boshini yaxshi tutadi. ▪️Tovush kelgan tomonga boshini buradi. ▪️Qoʻliga berilgan oʻyinchoqqa qiziqib qaraydi, ▪️Kuladi, gu-gulaydi, unli tovushlarni uzoqroq choʻzadi.

4-oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Tovush kelgan tomonga buriladi. ▪️Oʻyinchoqqa qarab qoʻl choʻzadi, ushlaydi, ogʻziga olib boradi. ▪️Qoʻlidan tortilsa, ushlab turilsa oʻtiradi. ▪️Yaqin insonlari ovozini farqlaydi, kuladi, jilmayadi. ▪️Qorinda yotganida boshini va yelkasini koʻtara oladi.

5-6 oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Bir qoʻlidan ushlansa, baʼzida esa mustaqil ham oʻtiradi. ▪️Chalqancha holatdan yon boshiga yoki qorniga oʻgiriladi. ▪️Qornida yotganida bitta qoʻliga tayanib, ikkinchi qoʻli bilan narsalarga choʻzila oladi, gavdasining ogʻirligini bir qoʻlidan ikkinchisiga ogʻdiradi. ▪️Tushib ketayotgan oʻyinchoqni kuzatadi va koʻtaradi. ▪️Unsiz tovushlarni ham ayta oladi. Uyqusining davomiyligi 14,5 soat.

7-8 oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Muvozanatini tutib, mustaqil oʻtira oladi, toʻrt oyoqlab turadi. ▪️Qornida yotgan holatida chalqanchasiga oʻgiriladi. ▪️Yotgan joyidan mustaqil oʻzi oʻtirishga harakat qiladi. ▪️Oyoqqa turishga harakat qiladi. ▪️Onasiga va tanish kishilarga qoʻlini choʻzadi, chapak chaladi. ▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni qaytaradi „ma-ma“, „da-da“.

9-10 oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Krovat tutqichini ushlab tizzasiga turadi. ▪️Kattalar yordamida oyoqqa turadi, ushlab yuradi, emaklaydi. ▪️Sochilgan oʻyinchoqlarni yigʻishtiradi, kattalar harakatini kuzatadi, qoʻlini silkitadi, qoshiqdan ovqat yeydi. ▪️Oʻyinchoqlarning nomini biladi, aytilganini orasidan topib beradi. ▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni aytadi „dada“, „mama“, „nanna“, „umma“. ▪️- „xayr“, „assalom“, mumkin emas deganini tushunadi.

11-12 oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Bir qoʻlidan ushlansa oʻzi yuradi, mustaqil qadam tashlaydi, lekin qadami mustahkam emas, koʻp yiqiladi. ▪️Tushib ketgan oʻyinchoqlarni koʻtarish uchun choʻkkalaydi, oʻyinchoqlarni nomini biladi. ▪️Ogʻriq sezayotgan joyini aytadi, tana qismlarini koʻrsatadi, kiyintirish vaqtida yordamlashadi. ▪️Mustaqil yeyishga harakat qiladi, bolalarni sevadi. ▪️Oila aʼzolarini barchasini taniydi, baʼzi soʻzlarni gapiradi.

17-18-oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Oʻynash jarayonida har xil kattalikdagi buyumlarni ajrata oladi. ▪️Koʻrsatib berilsa har xil kattalikdagi va shakldagi oʻyinchoqlar orasidan bir xillarini topadi. ▪️Yerda yotgan baland boʻlmagan narsalar ustidan xatlab oʻtadi. ▪️Hayotida qayta-qayta koʻrgan ishlarini bajara oladi. ▪️Suyuq ovqatni qoshiqcha yordamida mustaqil yeydi.

20-24 oylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Kattalarning iltimosiga koʻra yoki koʻrsatmaga mos rangni tanlaydi. ▪️Past toʻsiqdan xatlab oʻtadi. ▪️Oʻyinchoqlar oʻynaganida ketma ketlikda keladigan vazifalarni bajaradi, masalan qoʻgʻirchogʻini choʻmiltiradi, artadi, kiyintiradi. ▪️Qisqa hikoyalarni tushunadi. ▪️Kattalar yordamida oʻzi qisman kiyinadi.

3-yosh[tahrir | manbasini tahrirlash]

▪️Yurishi, yugurishi, sakrashi aniqroq va tezroq bajariladi. ▪️Barmoqlari va panjasi bilan koʻpgina mayda nozik harakatlarni qila oladi. ▪️Bola tugmasini taqishni, toʻgʻri chiziq va aylana chizishni uddalaydi. ▪️Bu yoshda bolaning soʻz boyligi 1200-1300 tani tashkil qiladi. Gaplarni toʻgʻri tuzadi. ▪️Gaplarni eslab qolish qobiliyati ortadi. ▪️Bola bilan suhbatlashganda nafaqat hozirgi zamon voqeiyligini, balki oldingi va keyingi zamon voqealari haqida ham soʻzlashsa boʻladi. ▪️Bu yoshdagi bolalarning doimiy savoli — ―nega?, ―qachon?,―qaerda?. ▪️Bola qisqa tushunchalarni tez eslab qoladi, qisqa sheʼr va ashulalarni ayta oladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komarovskiy motorika haqida

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. "Prodevtika detskix bolezney" A.V. Mazurin, I.M. Voronsov; Foliant; isbn=978-5-93929-184-2
  2. "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" Ashurova D.T; Tursunova O.A 70-73 betlar