Bolalar bronxoektatik kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bronxoektazlar chaqnaydigan epiteliy va peribronxial to‘qimalar darajasida uzoq davom etadigan yallig‘lanish-destruktiv jarayonini o‘zida namoyon etadi. Mushakning cho‘ziluvchanligini yo‘qotilishi sababi nafas olish yo‘llarining shilliqdan ajrala olishga qodir emasligi hisoblanadi. Yiringli secretning (shiraning) turib qolishi pnevmoniya retsidivi (zotiljamni qaytalanishi) va keyinchalik destruksiya (buzilishi)ga olib keladi. Natijada, bronxlarning drenaj funksiyasi buzilishi bilan ularning kengayishi sodir bo‘ladi. Bronxoektaziya (bronxlar kengayishi) — ko‘proq bolalik yoshi kasalligi. Maʼlumki, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bronxoektaziya (bronxlar kengayishi)ga chalingan kasallar orasida 50%ni, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlari esa 75%dan ko‘pini, 20 yoshdan oshganlar orasida taxminan 8-10% tashkil qiladi. Bronxoektazlarning sabablari turlicha. Qator holatlarida kasallik dizontogenetik bronxoektazlar deb ataladigan, bronxo‘pka (o‘pka-nafas yo‘llari) tizimining tug‘ma anomaliyasi rivojlanishi natijasida yoki postnatal nuqsonning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Kartagener 1933-yilda o‘z ichiga sinusit (burun bo‘shlig‘ining kasallanishi), ichki aʼzolarning teskari joylashuvi va bronxoektazlarni oladigan sindromni taʼrifladi. Situs inversus (aʼzolari teskari joylashgan) va dekstrokardiyasi (yuragi o‘ngda joylashgan) 20% bemorlarda bronxoektaz bo‘ladi, bu vaqtda ularning umumiy populyatsiyadagi (ko‘payishdagi) eng yuqori tezligi 0,5%ni tashkil etadi. Ushbu bo‘limda biz tez-tez to‘qnash keladigan ustunlikka ega va o‘ta kech diagnostikalanadigan va buning natijasida, ko‘pincha bolalarni majruh qiladigan orttirilgan bronxoektazlarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik. Klassifikatsiyasi. Bronxoektazlarni quyidagicha farqlashadi: • genez bo‘yicha — tug‘ma, orttirilgan, dizontogenetik; • shakli bo‘yicha — silindrik, duksimon, qopli, kistoz; • tarqalganligi bo‘yicha — bir tomonlama, ikki tomonlama, o‘pka bo‘lak va segmentlarini ko‘rsatilishi bilan; • jarayon kechishi bo‘yicha — keskinlashuv, remissiya. Orttirilgan bronxoektazlar orasida, ko‘pincha, qopli va kistoz shakllar jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. O‘tkir pnevmoniyadan so‘ng bronxogrammada aniqlanadigan silindrik bronxoektazlar, baʼzan asliga qaytaradigan qobiliyatga ega. Etiologiya va patogenez. Bronxoektazlarning rivojlanishiga asosan orttirilgan xarakterdagi patologiyaning turli ko‘rinishlari olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ular erta yoshda kechgan, takroriy pnevmoniyalar natijasi hisoblanadi. O‘tkir pnevmoniyaning davomli yoki surunkali rivojlanishiga, kech boshlangan yoki tugallanmagan muolaja, antibiotiklarning noto‘g‘ri qo‘llanishi, raxit, gipotrofiya va boshqalarga sharoit yaratishi mumkin. Bunday etiologiyadagi pnevmoniyalar, ko‘pincha bronxlar deformatsiyasi va peribronxial va interstitsial to‘qimalarda yallig‘lanish rivojlanshiga olib keladigan surunkali obstruktiv bronxit bilan kuzatiladi. Bronxial daraxtning obstruksiyasi ichkaridan ham, tashqaridan ham distalroq joylashgan o‘pkaning mos keluvchi bo‘gimlarida infeksiya to‘planishi bilan atelektazlarga sabab bo‘ladi. Natijada, barqaror o‘zgarishlar yuzaga keladi. Kichik bolalarda bronxoektazlarning asosiy sababi bakterial yoki virusli o‘pka infeksiyasi hisoblanadi. Anʼanaviy ravishda, shuningdek, boshdan kechirilgan qizamiq, gripp va ko‘kyo‘talga alohida ahamiyat beriladi. Biroq rivojlangan davlatlarda bu kasalliklar hozirgi vaqtda kamdan kam holatlarda etiologik omil hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ular dunyoda hamon o‘pkadagi ko‘pgina ikki tomonlama infeksion jarayon sabab kistofibroz singari bronxoetkazlarning eng tarqalgan sababi hisoblanadi. Bronxoektazlarning rivojlanshiga olib keladigan patologiyaning boshqa turlaridan bronxlarning yot jismlari, allergiyali o‘pka aspetgillezi, alfa-antitripsin yetishmovchiligi va IgH oshishi bilan IgA, agammaglobulinemiya va disgammaglobulinemiya, sarkoidoz, limfoadenopatiya bilan tuberkulez, o‘tkir leykemiyani, abssesslar, o‘simtalar, lokalizatsiyalashgan kistalar, astma va allergiyaning turli ko‘rinishlarni aytish kerak. Gastroezofageal reflyuks retsidivirlaydigan o‘pka infeksiyasiga olib kelishi isbotlangan, lekin bunda bronxoektazlar kam rivojlanadi. Bronxoektazlarni chaqiradigan tashqi bosimga limfotugunlar kattalashishi bilan bog‘liq o‘rta hissa sindromi misol bo‘lishi mumkin. Bronxoektazlarning klinikasi. Bronxoektazlari bo‘lgan bolalarda, odatda, qon qusish bilan birga, kam keladigan surunkali yo‘tal kuzatiladi. Bolalar rivojlanishdan to‘xtashi mumkin. Ota-onalar bolada ko‘p uchraydigan shamollash kasalliklari va pnevmoniyalarni kuzatishadi. Ko‘pincha kasallik tarixi yozuvlarida qaytalanadigan bronxopnevmoniya tashxisi topiladi. O‘pka sepsisining (zaharlanishining) qaytalanauvchi manbalari bronxoektazlar lokallashadigan o‘pka bo‘limlariga xos. Diagnostika. Bronxoektazlari bor bolalar deyarli har doim ko‘krak qafasi rentgenogrammasida o‘zgarishlarga ega bo‘lishadi. Ko‘p maʼlumotni bronxografiya ko‘rsatadi (3.13-rasm). Biroq kasallik shakli, lokalizatsiyasi, o‘zgarishlar tarqalganligi va og‘irligini aniqlash imkonini beradigan KT maʼqul hisoblanadi (3.14-rasm). O‘pkada o‘tkir yallig‘lanish jarayonidan so‘ng baʼzan traxeobronxial daraxtning qayta tiklanadigan silindrik dilatatsiyasi hosil bo‘ladi. Shu bois, o‘pka sepsisining keskinlashuvidan so‘ng, diagnostik xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida rentgenologik tekshiruvni bir necha haftaga kechiktirish tavsiya etiladi, lekin bronxlarning silindrik kengayishini, odatda, qopli bronxoektazlardan farqlashlash qiyin emas. Bolalarda bronxoektazlarning o‘ziga xos lokallashuvi - pastki bo‘laklar, lekin til bo‘g‘imi yoki o‘ng o‘rta bo‘lakni ham tortish ko‘p uchraydi.


Bronxoektazlari bor bolaning immunologik tekshiruvi leykogramma bilan qonning to‘liq tahlili, taʼsirchanlikning oshganligini aniqlashda teri sinovi va immunoglobulinlarning (IgG, IgA, IgM i IgE) miqdoriy darajasini baholashni o‘z ichiga olishi kerak. Yo‘naltirilgan antibakterial terapiya uchun namlikning bakteriologik tekshiriluvi muhim. Davolash. Agar antibiotiklar va postural drenirlash bilan to‘liq davolash kursidan so‘ng infeksiya davom etsa, lekin chegaralansa, zararlangan o‘pka to‘qimasi kesilishi haqidagi masala ko‘rib chiqilishi kerak. Kichik bronxoektazlarda simptomsiz kechganda, odatda, o‘pka rezeksiyasi talab qilinmaydi. Jarrohlik muolajasi kasallik bir tomonlama va o‘pkaning faqat bir bo‘lagini tortilgan holatlarda eng yaxshi natijalarni beradi. Bronxoektazlar, odatda, yondosh segment (qism)larga tarqalmaydi. O‘pka rezeksiyasiga asosiy belgi — ko‘p yo‘talish (65%). Boshqa ko‘rsatmalardan qaytalanuvchi pnevmoniya, isitmalash, bolaning kasalligi tufayli maktabga doimiy qatnash imkoni yo‘qligi, takrorlanadigan qon qusish va og‘izdagi yomon hidlarni aytish kerak. Operatsiyada segment yoki o‘pka bo‘lagi rezeksiyasi tanlanadi. Agar jarayon ikki tomonlama bo‘lsa, unda operatsiyalar orasidagi muddat 2-3 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Oldin og‘irroq zararlangan tomon operatsiya qilinadi. Ko‘pincha, birinchi operatsiyadan so‘ng bola holati shunchalik yaxshilanadiki, keyingi operatsiya talab qilinmaydi. Jarayonga pastki bo‘lakning bazal segmentlari jalb qilinganida segmentar rezeksiyani keragi yo‘q, lobektomiya o‘tgazilgani yaxshi. Pastki bo‘lakning og‘ir bronxoektazlarida chapdan, ko‘pincha til segmenti zararlangan. Shu sababli, ushbu lokalizatsiyada uni, mabodo zarur bo‘lsa, pastki bo‘lak bilan birga, tekshirish va olib tashlanishi talab qilinadi. O‘ng pastki bo‘lakda bronxoektazlar aniqlangan bolalarda, ko‘pincha jarayon o‘rta bo‘lakni ham qamrab oladi. Katta yoshdagi bolalarda, bronxoektazi bo‘lgan kattalardagi kabi bronxial arteriyalari, odatda, kengayib, bu operatsiya vaqtida texnik qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Zamonaviy bosqichda bronxoektazlarda aʼzo saqlash muolajalari ishlab chiqilgan, ularning maqsadi lob- va bilobektomiyalar oqibatining profilaktikasi (pastda yotuvchi segmentlarning osilishi, kasallik qaytanalishi, o‘rta devor aʼzolarining siljishi va o‘pkaning saqlangan qismlari emfizematoz o‘zgarishlari) hisoblanadi. Kam o‘zgaradigan o‘pka parenximasi va qon aylanish kichik doirasining butunligini saqlashga yo‘naltirilgan bu usullar orasida (bronxlar ekstirpatsiyasi, zararlangan bronxlar plombalanishi) bronxlar endoplombirovkasi ustunlik qiladi (Stepanov E. A. hammuallif., 1985, Aliyev M. M. hammuallif, 2008). Aʼzo saqlash muolajalarining alohida natijalarini o‘rganish bolalik yoshida aʼzo yo‘qotiladigan operatsiyalarga raqib bo‘ladigan davolashning bu uslublari ustunliklari haqida xulosa qilishga asos bo‘ladi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]