BoksBalet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boxballet
Rejissyor(lar) Anton Dyakov[1]
Prodyuser(lar)
  • Aleksandr Boyarskiy
  • Sergey Selyanov
Ssenariynavis(lar)
  • Anton Dyakov
  • Andrey Vasilyev
Studiya(lar)
  • CTB
  • Melnitsa Animation Studio
Chiqarilgan sanasi
  • 14-iyun, 2021-yil(2021-06-14)
Davomiyligi 15 daqiqa
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya

BoksBalet — Anton Dyakovning 2019-yilda, Melnitsa studiyasida yaratilgan qisqa metrajli animatsion film.

Dyakov ssenariysi, CTB kinokompaniyasi va Melnitsa studiyasi tomonidan Buyuk multfilmlar festivali doirasida oʻtkazilgan, tanlovda ishtirok etgan. Gʻolib boʻlgach, Anton Dyakov asar postanovkasini moliyalashtirish huquqini olgan, shundan soʻng u Sankt-Peterburgdagi studiyada, film ustida, bir yil davomida ishlagan[2].

Premyerasi 2020-yilda Suzdaldagi festivalda katta ekranlarda boʻlib oʻtgan.

Multfilm „Koroche“ festivalida qisqa multfilmlar nominatsiyasida gʻolib boʻlib, „Ikar“ mukofotiga sazovor boʻlgan[3].

„Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasida "Nika-2021" mukofotiga nomzod boʻlgan. Oscar-2022 mukofotining Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film kategoriyasi nomzodi[4][5][6][7].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Syujet markazida, axloqiy nuqtai nazardan tanlov qilishga majbur boʻlgan, bokschi va balerina oʻrtasidagi romantika tasvirlangan: raqqosa baletmeysterning talablarini rad etadi, sportchi esa yolgʻon yoʻllar bilan, gʻalaba qozonishdan bosh tortadi. Finalda ikkalasi ham bu ishlardan voz kechishadi, ammo Rossiya tarixidagi yana bir burilish, ularning taqdirini tasavvur qilib boʻlmas darajada, oʻzgartirib yuboradi.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino tanqidchisi Larisa Malyukova Anton Dyakovning yangi qoʻlyozmasini: "Yengil taktil tasvir („Kostya“, „Piton va qorovul“) — yogʻli, zich uslubda, juda yorqin va ifodali", — deb taʼkidlagan. Shuningdek, u multfilm ssenariysi va montaj sifatini yuqori baholagan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]