Madraim Bobojonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bobojonov Madraimdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Madraim Bobojonov (1939.9.10, Xorazm viloyati Xonqa tumani Gʻalaba qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1970). 1961 yildan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat oʻzbek davlat musikali drama va komediya teatrida aktyor. B. ijodiga qahramonona, romantik va fojiaviy rollar yaqin boʻlib, obrazlari joʻshqin histuygʻuga toʻla; chuqur dramatik hoyaatlarni mahorat bilan gavdalantiradi. Sahnada yaratgan eng yaxshi rollari: Utkuriy ("Parvona"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Fazliddin ("Nomaʼlum kishi"), Hamlet ("Hamlet"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Mindaugas; ("Mindaugas"), Jaloliddin Manguberdi ("Avlodlar qilichi"), Samadov ("Un uchinchi rais"), Ogahiy ("Dilbandi Xiva") va boshqa B. televideniye orqali namoyish etilgan bir qancha videofilmlarda ham (Ogahiy, "Ogahiy"; Qozi, "Deyishma" va boshqalar) oʻynagan. "Nilufar" (H. Rasul), "Millioner oʻgʻli" (J. Teshaboyev, H. Islomov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil