Kontent qismiga oʻtish

Bob Hope

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bob Hope
Tavalludi
Leslie Townes Hope

29-may 1903-yil
Eltham, London, Abgliya[1]
Vafoti 27-iyul 2003-yil(2003-07-27)
(100 yoshda)
Los Angeles, Kaliforniya, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh, Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Kasbi
  • Qiziqchi
  • aktyor
  • xonanda
  • raqqos
Faoliyat yillari 1924-1998
Turmush oʻrtogʻi
  • Grace Louise Troxell
    (turm. 1933; ajr. 1934)
Bolalari 4
Mukofotlari To'liq ro'yhat
Veb-sayti bobhope.com
Imzosi

Leslie Townes Bob Hope (talaffuzi: "Lesli Taunes Bob Hope", 1903-yil 29-may - 2003-yil 27-iyul) - britaniyalik komediyachi[2], vodvil, aktyor, qoʻshiqchi va raqqos. Taxminan 80 yil davom etgan faoliyati bilan Hope 70 dan ortiq qisqa metrajli va badiiy filmlarda suratga tushgan. Hope rolida 54 ta badiiy filmlar, jumladan, Bing Krosbi ishtirokidagi yettita seriyali musiqiy komediya filmlari ham bor.


Dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozuvchi Hal Block (chapda), Hope (chapdan ikkinchi), yozuvchi/aktyor Barni Dean,1943-yil 21-avgustda Sitsiliyada.

Leslie Townes Hope 1903-yil 29-mayda London okrugining Eltam shahrida (hozirgi Grinvich Qirollik tumanining bir qismi) Well Hallda Kreygton yoʻlidagi terasli uyda[3][4] tugʻilgan[5]. U ingliz otasining yetti oʻgʻlidan beshinchisi edi. Lesliening otasi Somerset shahridan tosh ustasi boʻlgan William Henry Hope va uelslik onasi Avis Glamorgan Vale shahridagi Barri shahridan opera qoʻshiqchisi[6], keyinchalik esa farrosh boʻlib ishlagan. Williams va Avis 1891-yil aprel oyida turmush qurishdi va Bristoldagi Whitehallga, soʻngra Bristoldagi Sent-Jorjga koʻchib oʻtishadi, bunchacha esa Barridagi Grinvud koʻchasi 12-uyda yashashgan.

Dastlabki kunlarda Hopening faoliyati vodevil shoularida va Brodvey spektakllarida sahnaga chiqishni oʻz ichiga olgan. U 1934-yilda asosan NBC radiosida chiqish qila boshladi va 1950-yillarda bu vosita mashhur boʻlgach, televizorga oʻtdi. U 1954-yilda muntazam telekoʻrsatuvlar oʻtkazishni boshladi[7] va 1939—1977-yillarda oʻn toʻqqiz marta Akademiya mukofotlarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi[8]. Uning 1934-yildan 1972-yilgacha boʻlgan kino faoliyati va 1941-yildan 1991-yilgacha oʻtkazgan USO gastrollari Hopeni muvaffaqqiyati kaliti boʻldi[7][9].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hope oilasi. Orqaga, chapdan: Toni, Dolores va Linda. Oldinda, chapdan: Kelli, Bob va Nora.

Hope Edward va Mary (McGinnes) Troxellning qizi boʻlgan Illinoys shtatining Chikago shahridan kotib boʻlgan vaudevil sherigi Grace Luisa Troxell (1912—1992) bilan qisqa muddat turmush qurgan. Ular 1933-yil 25-yanvarda Pensilvaniya shtatining Eri shahrida turmush qurishdi[7].1934-yilning noyabrida esa ajrashishdi[10].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Singl nomi AQSh pop
Diagramma
[11]
1936 "De-Lovely" --
1938 "Thanks for the Memory" --
1939 "Two Sleepy People" 15
1945 "(Weʼre Off on the) Road to Morocco" 21
1948 "Buttons and Bows" --
1950 "Blind Date" 16
1951 "Silver Bells" --
  1. At the time of his birth, Eltham had been part of the County of London since 1900
  2. Zoglin, Richard. „This Is Bob Hope… Biography“. PBS (30-noyabr 2017-yil). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2018-yil.
  3. „Bob Hope birthplace for sale“. news.bbc.co.uk. Qaraldi: 10-may 2018-yil.
  4. „Bob Hope – from Eltham to Hollywood“. www.newsshopper.co.uk. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2018-yil.
  5. „Plaque: Bob Hope“. www.londonremembers.com. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2018-yil.
  6. „Barry Ideas Bank“. Crowdicity. 2017-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2016-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 Quirk 1998.
  8. „Bob Hope: King of the Oscars“. Biography. 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2017-yil.
  9. Grudens 2002.
  10. Sheridan, Peter. „Bob Hope the Bigamist“. Daily Express (16-avgust 2014-yil). 16-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2014-yil.
  11. Whitburn, Joel. Pop Memories: 1890–1954. Record Research, 1986.