Boʻz qogʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘z qog‘ondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻz qogʻon (7-asr) - toʻqqiz oʻgʻuzlar (uygʻurlar) rahbari. 682—693 yillari hukmronlik qilgan Sharqiy turk qogʻoni Kutluq (Elterish)ning zamonida shuhrat topgan. Qutlugʻ qogʻon Ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan. Tavgʻochlar (xitoylar) zulmidan qutulgach, Qutluq oʻz qoʻshinini Urxun daryosi havzasiga olib kelgan. Bu yerda Boʻz qogʻon boshliq uygʻurlar oʻrnashib olgan edi. Bu haqda Kultegin bitiklarivya ham maʼlumot bor. Turqlar Boʻz qogʻon ni xitoylar kabi dushman deb hisoblashgan. Turklarning 5000 kishilik qoʻshini uygʻurlarni tormor keltirib, Boʻz qogʻon ni oʻldirgan. "Baz" yoki "buz" soʻzi — qad. turkiy tilda "oʻzga yerlik kishi", "begona kishi" degan maʼnoni anglatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻz qogʻon" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil