Kontent qismiga oʻtish

Bo'ysinmas Talos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻysimas Talos – bu Marvel Comics tomonidan nashr etilgan Amerikaning komeks kitoblarida paydo boʻlgan uydirma personaj. Yozuvchi Peter David va rassom Gary Frank tomonidan yaratilgan ushbu qahramon „The Incredible Hulk“(Qoyilmaqom Halk) (iyun 1994) filmida ilk bor koʻrinish bergan. Qahramon shakli oʻzgaruvchanligi tufayli Skrullarning taniqli aʼzosi. U United Front aʼzosi edi.

Ben Mendelsohn Marvel kinostudyasida „Kapitan Marvel“ (2019), „Oʻrgimchak odam:Uyga yoʻl yoʻq“ (2019) filmlarida va Disney+ mini-seriali – „Secret Invasion“da (2023) Talos personajini tashqi koʻrinishini yaratgan.

Nashrlar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Personaj Peter David va Gary Frank tomonidan yaratilgan va birinchi marta „The Incredible Hulk“(Qoyilmaqom Halk) filmida koʻrinish bergan. U birinchi marta Rick Jonesning toʻyiga mehmon sifatida taklif etilgan, ammo u boshqa yovuz personajlar qatorida Talos tomonidan hazl tariqasida taklif etilgandi. Keyingi sanada u shakl oʻzgartirish qobilyatisiz va Kree-Skrull urushi vaqtida Kree tomonidan asirda ushlangan holda tasvirlanadi[1][2][3]

U Annihilation bayrami vaqtida qaytib keladi, asosan u qatnashgan sahnalar „Ronan“ (2006) bilan bogʻliq. U Star-Lord, Nova va Gamora kabi kinodagi personajlar bilan birgalikda Birlashgan Frontga qoʻshildi. [4] [5]

U 2015 yilgi „Howard the Duck“ filmida oxirgi marta koʻrinish berdi, u yerda „Jonathan Richards“ ismli qahramon yordamida oʻzini koʻrinishini haqiqiy insonga oʻzgartirib yerga keladi. [6]

Fiksiyaviy belgilar biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talos xalqining orasida Mutant deb nom qozongan, chunki shaklini oʻzgartirish qobilyati bilan tugʻulmagan har qanday Skrull shunday nomlangan. U oʻzining vahshiy va dahshatli tabiati tufayli sayyorasining eng qoʻrqinchli Skrulllaridan biriga aylanib, "Boʻysinmas Talos " unvoniga sazovor boʻldi. Kree tomonidan asirlikka olinganidan soʻng, oʻzini avvalgi shon-shuhratini qaytarishiga umid qilib oʻz joniga qasd qilish fikridan qaytadi. Buning oʻrniga, uni „Boʻysintirilgan Talos“ deb nomlashdi[7].

Tez orada Talos Rik Jons va Marlo Chandlerning toʻyida oʻzining hushmuomala koʻrinishini kashf etdi. U Xalk bilan toʻqnash kelganda oʻzining odamlar orasidagi obroʻsini tiklash uchun uni yutushga urunib koʻradi. Xalk uning nima qilmoqchi ekanligini bilgach, u bilan jang qilishni toʻxtatdi. Talosni hafsalasi pir boʻlib ketadi, lekin Skrullar uning u bilan jang qilishga urinishini xurmatga sazovor deb topishdi.

Talos Glorian tomonidan Godthab Omega sayyorasiga chaqirilgan va u erda u Devostator Devos bilan jang qilgan. Ularning ikkalasi ham qoʻlga olindi va qamoqqa tashlandi, sayyoraga toʻsaddan xujum qilishgan vaqtda ikkalasida qochishga imkon boʻldi. Koʻp oʻtmay Talos Kree boʻlgani uchun yomon koʻrgan tergovchi Ronanga duch keldi, lekin uning sayyorani tark etish haqidagi ogohlantirishiga amal qilishga majbur boʻldi.

Qirolicha Veranke shaklni oʻzgartirish qobiliyatiga ega emasligi sababli unga „Secret Invasion“da qatnashishga ruxsat bermadi va bu Talosni yana bir bor oʻz xalqi tomonidan masxara qilinishiga sabab boʻldi. Kansler Kal’Dul Talosning qatnashishidan umidini uzmadi.

Talos „Annihilation Wave“ga qarshi kurashish maqsadida Birlashgan frontga qoʻshildi.


Kuch va qobiliyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skrull aka-ukalaridan farqli oʻlaroq, Talos shakl oʻzgartira olmaydi va uning xalqi tomonidan genetik tugʻma nuqsonga ega deb tanilgan[8]. Buning oʻrniga unga insonlardek kuch va chidamlilik berilgan, hamda Hulk kabilarga qarshi oʻzini tuta oladi. U jangda biologik koʻzini yoʻqotganidan soʻng kibernetik koʻz oʻrnatadi.

Video oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talos Marvel Puzzle Quest oʻyinida Captain Marvel filmining yangilangan versiyasi sifatida oʻynash mumkin boʻlgan personaj qatorida paydo boʻladi [9].

Manbaalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tenreyro. „Talos' Marvel Comics Backstory Is So Much Darker Than 'Captain Marvel'“. Bustle (2019-yil 5-mart). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  2. Downey. „Captain Marvel: Who Is Ben Mendelsohn's Skrull Character, Talos?“. GameSpot (2019-yil 11-mart). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  3. Damore. „Captain Marvel's Talos Isn't Your Average Skrull Warlord - Page 1“. Comic Book Resources (2018-yil 5-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  4. Damore. „Captain Marvel's Talos Isn't Your Average Skrull Warlord - Page 2“. Comic Book Resources (2018-yil 5-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  5. Tenreyro. „Talos' Marvel Comics Backstory Is So Much Darker Than 'Captain Marvel'“. Bustle (2019-yil 5-mart). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  6. Downey. „Captain Marvel: Who Is Ben Mendelsohn's Skrull Character, Talos?“. GameSpot (2019-yil 11-mart). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  7. Annihilation: The Nova Corps Files ({{{date}}})
  8. Tenreyro. „Talos' Marvel Comics Backstory Is So Much Darker Than 'Captain Marvel'“. Bustle (2019-yil 5-mart). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.Tenreyro, Tatiana (March 5, 2019). „Talos' Marvel Comics Backstory Is So Much Darker Than 'Captain Marvel'“. Bustle. Archived from the original on March 6, 2019. Retrieved July 3, 2019.
  9. Newton. „Talos arrives in Marvel Puzzle Quest with Captain Marvel tie-in“. Flickering Myth (2019-yil 16-mart). Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.