Biyigul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Biyigul
Umumiy maʼlumotlar
Muallif Shomurod baxshi
Adabiy qism
Turi terma

Biyigul – mashhur baxshi Shomurod Togʻayevga tegishli avtobiografik xarakterdagi terma[1]. Terma ikkinchi jahon urushi hamda surgun davrida hali goʻdak boʻlgan Shomurod Toʻgʻayevning boshidan kechirgan qiyinchiliklarini hikoya qilib beradi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shomurod Baxshining otasi Togʻay shoir 1932-yilda Sibirga surgun qilingan. Shomurod 9 oylik boʻlganida onasi Tojixol Shukurova vafot etgan. Sibirdan qaytib kelgan otasi Togʻay shoir koʻp oʻtmay urushga chaqrib olinadi. Shundan soʻng yosh Shomurodni bolalar uyiga topshirib yuborishgan. Bolalar uyida rus tilida taʼlim olgan Shomurod 1945-yilda, yaʼni otasi qaytib kelganidan keyin biroz muddat undan taʼlim olgan[3][4]. Terma matnining mazmuni oʻsha kunlarga bagʻishlangan[5].

Kuylanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Biyigul“ termasi dastlab Shomurod Togʻayevning „Yuragimning joʻri boʻlgan doʻmbiram“ kitobidan oʻrin egallagan. Kitob Oʻktam Hakimov tomonidan yozib olingan va „Alpomish media“ homiyligida nashr etilgan[6]. Shuningdek, terma Hosila Rahimova tomonidan ham kuylangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. uz, Daryo „“Barmoqlarning ko‘zi bor” — vodiyning baxshi qizi bilan suhbat (video)“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  2. SSR otasini Sibirga quvgin qilgan Shomurod Baxshi Tog'ayevning Biyigul termasi Axror Baxshi ijrosida (inglizcha), qaraldi: 2023-09-03
  3. „Республика бахшичилик санъати маркази давлат муассасаси“ (uz). www.baxshimarkaz.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  4. SHOMUROD BAXSHI TOG'AYEV (1932-2020) BARCHAMIZNI YIG'LATIB KETDI... (inglizcha), qaraldi: 2023-09-03
  5. YASHAMAGIR MEKKAMCHOL BIYYIGUL BAXSHI BOBOMIZDAN SOG'INGANLARGA (inglizcha), qaraldi: 2023-09-03
  6. SHOMUROD BAXSHI TOG'AYEV "BIYIGUL" ALPOMISH MEDIA (inglizcha), qaraldi: 2023-09-03
  7. Hosila Rahimova - Biyigul | Хосила Рахимова - Бийигул (inglizcha), qaraldi: 2023-09-03