Bitig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

bitig (بتیک)

(1) tilsh. yozuv: Qamuγ eδgü sözlär bitigdä bolur, / Bitinmiš üčün söz unïtmas qalur. — Barcha ezgu soʻzlar yozuvda boʻladi, / Yozilgan boʻlgani uchun soʻz unutilmaydi, (mangu) qoladi (QBN.101a,10);

(2) adab. kitob; asar: Sözüm sözlädim men, bitidim bitig. — Men soʻzimni soʻzladim, kitob yozdim (QBN.19b,8);

(3) xat, maktub: Davāt quldï, kāγid, bitidi bitig, / Bitig birlä etti išinkä etig. — Davot va qogʻoz soʻradi, maktub yozdi, / Maktub bilan ishiga zamin hozirladi (QBN.118b,1);

(4) hujjat: Bilir bolsa tegmä bu türlüg bitig, / Anïn saqlasa, ötrü qïlsa etig. — (Hisobchi) har turli hujjatlarni biladigan boʻlsa, / Shu bilan ziyraklansa, soʻng ish qilsa (QBN.104a,5);

(5) xotira: Ölürin bilip qïlmïš özkä etig / Bitip qoδmïš atïn tirigkä bitig. — Oʻlishini bilib oʻziga hozirlik koʻrgan (kishi) / Otini tiriklar uchun xotira qilib yozib qoldiradi (QBN.16b,5);

(6) tumor: Bu aymïš: bitig tutsa, yeklär yïrar. — Bu [yaʼni azayim- xon] aytadi: tumor tutsa, jinlar qochadi (QBN.158a,3).

[1]

  1. «ҚУТАДҒУ БИЛИГ» СЎЗЛИГИ. ҚОСИМЖОН СОДИҚОВ.