Kontent qismiga oʻtish

Birkin S3 Roadster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birkin S3 Roadster-Britaniyaning Birkin Cars hamda Ltd kompaniyasining sport avtomobili, mashhur Lotus Sevenning nusxasi.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi. DJon Uotson klassik Lotus Sevenning katta muxlisi edi, ammo oʻsha paytga kelib ishlab chiqaruvchi Lotus Sevenni ishlab chiqarishni toʻxtatdi. 1980-yillarning boshida u oʻzining „Seven“ versiyasini ishlab chiqdi va yaratdi. Mashina birinchi marta 1983 yilda Janubiy Afrikadagi Formula 1 Gran-prisida taqdim etilgan. Oʻsha yili S3 ning birinchi partiyasi avtomobil sotuv salonlarida taqdim etildi.

Birkin S3 Roadster hamda Kit-karlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish korxonasi Janubiy Afrikaning Pinetown shahrida ishga tushurilgan, keyinchalik avtomobil boshqa Shtatlarda, shu jumladan Buyuk Biritaniyada hamda Avstraliyada ham yigʻilgan.

Texnik jihatdan, Birkin S3 Roadster Lotus Sevenni uchinchi seriyasining deyarli aniq nusxasi, yaʼni 1968-yildagi sport avtomobilidir. Avtamabil qoʻllab-quvvatlovchi tuzilishi poʻlat quvurlardan yasalgan kosmik ramka hamda tashqi korpus panellari alyuminiydan tashkil topgan Prototip singari, Birkin S3 Roadster koʻpi bilan 2 kishiga moʻljallangan, oʻrindiqlarda faqat uzunlamasini sozlash mavjud, tomi esa yigʻiladi.

Mator hajmi 1,6 litrli dvigatel maksimal 115 ta ot kuchiga ega hamda 5 ta pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jamlangan. Birkin S3 Roadsterning quvvat hamda vazn nisbati 0,15 litrni tashkil qiladi. Ford Zetec hamda Toyota 4AG opsiyali toʻrt silindrli dvigatellari mavjud.

Birkin kompaniyasi 80-yillardan beri oʻz faoliyatini bir necha bor kengaydi. Lekin ayni paytda Janubiy Afrikada asosiy ishlab chiqarishni saqlab qoldi. Hozirgi vaqtda avtomobillar dilerlik tarmogʻi orqali AQSH, Yaponiya va Yevropada sotiladi.

Tayyor avtomobil sifatida, ham komplekt avtomobil sifatida yoki havaskorlar poygasi uchun ham Birkin S3 Roadster ishlab chiqariladi.

(ingl.) Ofitsialniy sayt  (rus.) Obzor Birkin S3 Roadster