Birgalikda sugʻurta qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birgalikda sugʻurta qilish — sugʻurta obyekti bitta shartnoma boʻyicha bir necha sugʻurtalovchi tomonidan oʻrtada sugʻurtalanishi mumkin. Agar bunday shartnomaga sugʻurtalovchilardan har birining huquq va majburiyatlari belgilanmagan boʻlsa, ular mulkiy sugʻurta tovonini yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta pulini toʻlash uchun sugʻurta qildiruvchi oldida solidar javobgar boʻladilar[1].

Yirik va alohida yirik xavflarni o'rtada sug'urta qilish uchun birgalikda sug'urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma asosida oddiy shirkatlar tuzishlari mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediya