Biometrik qulf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biometrik qulf — biometrik autentifikatsiyaga asoslangan elektron qulf boʻlib, yaʼni barmoq izlari kabi biometrik parametrlar bilan shaxsni tasdiqlash imkonini beradi.

Biometrik qulflar yangi texnologiyalarni faol joriy etayotgan mamlakatlarda, birinchi navbatda, Janubiy Koreyada keng tarqalgan. Barmoq izi qulflarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatorida Janubiy Koreyaning Samsung va iRevo (Gateman brendi) bor, ularni 2007-yilda finlandiyalik Assa Abloy sotib olgan[1].

Biometrik parametrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Autentifikatsiya (shaxsni tasdiqlash) uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan juda koʻp biometrik parametrlar mavjud, ularning orasida eng keng tarqalganlari:

  • Barmoq izlari;
  • Koʻzning rangdor pardasi;
  • Koʻzning toʻr pardasi;
  • Koʻzning old qismidagi tomirlarning tasviri;
  • Ovoz.

Autentifikatsiyaning eng keng tarqalgan usuli — barmoq izlari; aksariyat biometrik qulflarning ishi ularni tanib olishga asoslangan.

Autentifikatsiya mexanizmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biometrik qulf mexanizmining konseptual xususiyati shundaki, unda avtomatik ravishda kichik xatolik ehtimoli mavjud.

Kodli qulf foydalanuvchi kiritgan kodni uning xotirasida saqlangan kod bilan taqqoslaydi va bu ikki (odatda kichik) belgilar ketma-ketligi mos kelganda platformaga kirish imkonini beradi, yoki mos kelmasa, foydalanuvchi platfromaga kira olmaydi. Kalitli anʼanaviy qulf ham xuddi shu tarzda ishlaydi, bu yerda utentifikatsiya mexanizmisilindr yoki disk joylashuvining  nisbatan oddiy kombinatsiyasi ishlatiladi.

Ulardan farqli oʻlaroq, biometrik qulf murakkab tuzilmalarni tahlil qiladi. Shuning uchun, biometrik qulf kamdan-kam hollarda toʻgʻri kalitni qabul qilmasligi mumkin (toʻgʻri barmoq izi taqdim etilganda ochilmaydi) yoki notoʻgʻri kalitni qabul qilishi mumkin (boshqa odamning barmoq izi taqdim etilganda ochiladi).

Biometrik qulf tahlil sifatini baholash uchun maxsus parametrlar qoʻllaniladi:

  • SRD (soxta rad darajasi) qulfning kerakli kalit taqdim etilganda, yaʼni egasining oʻzi oldida ochilmasligi ehtimolini koʻrsatadi.
  • SQD (Soxta Qabul Darajasi) boshqa bir kalit taqdim etilganda qulfning ochilishi ehtimolligini koʻrsatadi.

Xato ehtimoli odatda foizning bir qismini tashkil qiladi, bundan tashqari, SRD odatda SDQdan yuqori boʻladi, yaʼni biometrik qulf, agar shubha tugʻilsa, begona odamlarga ruxsat berishdan koʻra egasiga ochilmasligini afzal koʻradi. Bu esa biometrik qulflarni yetarlicha ishonchli qiladi. Mashhur Samsung qulflarining xato darajasi SRD 0,01% va SQD 0,001% ni tashkil qiladi. Qulfning murakkabligini oshirish SQDni pasaytiradi va shu bilan birga SRDni oshiradi, chunki keskin qoidalarga muvofiq ishlaydigan qulf koʻpincha hatto oʻz egasiga ham kirish imkonini bermaydi. Misol uchun, Gateman qulflarining SQD koʻrsatkichi 0,0000014% va SRD 2,1%ni tashkil qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]