Bill Arnold
Bill Arnold | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
13-may 1992-yil Needham, Massachusetts, AQSh | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 218 lb (99 kg; 15 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | Himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Oʻng qanot | ||
Oʻynagan jamoalari | Calgary Flames | ||
NHLga kirish drafti |
108-oʻrin, 2010 Calgary Flames | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2014—2016 |
William Norris Arnold (talaffuzi: Bil Arnold; 1992-yil 13-mayda tugʻilgan) — Milliy xokkey ligasining (NHL) Calgary Flames jamoasida oʻynagan amerikalik xokkeychi. Arnold 2010-yil va 2014-yillar oraligʻida Boston kollejining Eagles jamoasida toʻrt mavsum oʻynagan va maktabning 2012-yilgi milliy chempionat jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kollej
[tahrir | manbasini tahrirlash]Massachusets shtatining Needham shahrida tugʻilgan Arnold 2009—2010-yilgi mavsumda AQSh Xokkey Milliy jamoasini rivojlantirish dasturiga qoʻshilishdan oldin Noble, Grinof maktabi va Boston Junior Bruins oʻrta maktab xokkey dasturlarida qatnashgan[1][2]. 2010-yilgi Milliy Xokkey Ligasi (NHL) draftida Arnold Calgary Flaymes jamoasi tomonidan toʻrtinchi turda 108-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[3].
2010—2011-yilgi mavsumda u birinchi kurs talabasi sifatida 39 oʻyinda 20 ochko toʻplagan. Ikkinchi kurs mavsumida Arnold 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQSh oʻsmirlar terma jamoasiga qoʻshilgan. Arnold yettinchi oʻrindagi amerikaliklar safida oltita oʻyinda uchta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirgan[4]. Keyin u oʻz mavsumini milliy chempionat bilan yakunlagan.
2012—2013-yilgi 35 ochkolik mavsumdan soʻng, Arnold oʻzining muvaffaqiyatli mavsumini yaqin doʻstlari Johnny Gaudreau va Kevin Hayes bilan birga yakunlagan. Ular uni muzning uchta zonasida ham ajoyib xokkeychi sifatida maqtashgan[5]. Arnold kollej mavsumini 14 gol va 53 ochko bilan yakunlagan. Kollejdagi faoliyati davomida u 144 oʻyinda 159 ball toʻplagan[6].
Arnold bir mavsum uchun oʻrtacha 900 ming dollarlik ikki yillik shartnoma imzolagan[7][8]. U NHLdagi debyutini 2014-yil 13-aprelda Flames jamoasining soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. Flames jamoasi 2014-yil 13-aprelda Vancouver Canuksga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan[9]. Arnold NHLda faqat bitta oʻyin oʻtkazgan xokkeychilar roʻyxatidan joy olgan.
Arnold butun 2014—2015-yilgi va 2015—2016-yilgi mavsumlarda AHLning Calgary jamoasida oʻynagan. U ikkala mavsumda ham 113 oʻyinda 24 gol va 60 ochko jamgʻargan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Muntazam mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2009—2010 | U. S. National Development Team | USHL | 26 | 8 | 15 | 23 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Boston College Eagles | U | 39 | 10 | 10 | 20 | 38 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Boston College Eagles | U | 42 | 17 | 19 | 36 | 46 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Boston College Eagles | U | 38 | 17 | 18 | 35 | 40 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Boston College Eagles | U | 40 | 14 | 39 | 53 | 51 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Calgary Flames | NHL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Adirondack Flames | AHL | 61 | 15 | 23 | 38 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Stockton Heat | AHL | 52 | 9 | 13 | 22 | 20 | — | — | — | — | — | ||
NHLdagi ochkolari | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — |
Medal soni | ||
---|---|---|
AQSh vakili | ||
Erkakalar muz xokkeyi | ||
IIHF U18 Jahon chempionati | ||
Oltin | 2010 Belarusiya |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Musobaqa | Natija | GP | G | A | Pts | PIM | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2010 | Qoʻshma Shtatlar | WJC18 | 6 | 1 | 2 | 3 | 6 | ||
2012 | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 7 | 6 | 3 | 3 | 6 | 4 | |
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari | 12 | 4 | 5 | 9 | 10 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Karyera statistikasi„Bill Arnold player card“. Milliy xokkey ligasi. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel. Milliy xokkey ligasi . 2014- yil 15-aprelda olindi.
- ↑ Pave, Marvin. „Arnold sails on ice“. Boston Globe (2010-yil 21-fevral). 2014-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.(subscription required)
- ↑ IIHF Guide & Record Book 2012 Podnieks: . International Ice Hockey Federation, 2011 — 382 bet. ISBN 978-0-7710-9598-6.
- ↑ 2013–14 Calgary Flames Media Guide Hanlon: . Calgary Flames Hockey Club, 2013 — 93–94 bet.
- ↑ Morreale, Mike G.. „Arnold's OT goal gives BC third straight Beanpot title“. Milliy xokkey ligasi (2012-yil 14-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ „Bill Arnold player card“. Milliy xokkey ligasi. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ Gilbertson, Wes. Excited Eagles Bill Arnold & Johnny Gaudreau prepare for NHL debuts. Calgary Sun (2014-yil 13-aprel), s. S3.
- ↑ „BC stars Gaudreau and Arnold sign with Flames“. Milliy xokkey ligasi (2014-yil 11-aprel). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
- ↑ Odland, Kristen. Rookies to make Flames debut. Calgary Herald (2014-yil 12-aprel), s. D1.
- ↑ Johnson, George. Gaudreau scores in Flames debut. Calgary Herald, s. C1.