Bil (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bil (Biel) — Shveysariya shimolig‘arbidagi shahar, Bern kantonida. Aholisi shahar atrofi bilan qariyb 85 ming kishi. Transport yo‘llari tuguni. Bil ko‘li sohilidagi port. Soatsozlik, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, poligrafiya, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Bil osma yo‘llar bilan atrofidagi tog‘larga boglangan. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil