Kontent qismiga oʻtish

Bibliya jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bibliya jamiyati - «Bibliya»ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk «Bibliya» jamiyati 1804-yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 84.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.