Beyt midrash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beyt midrash — taʼlim olish dargohi bo‘lib, unda yahudiy xalqi „Tavrot“, Mishna va Gemaralarni o‘qishni o‘rganadi. Avvaliga u sinagogadan mustaqil insitut sifatida faoliyat yuritgan va alohida hurmatga ega bo‘lgan. Oʻrta asrlarga kelib, ravvinlar beyt midrashni sinagoganing ichiga yoki sinagoganing yoniga joylashtirishgan. Shu davrdan boshlab, beyt midrash nafaqat diniy matnlarni o‘rganish maskani sifatida balki ibodat qilish joyi sifatida ham keng foydalaniladigan bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda, Beyt Midrashda yahudiylikning turli sohalariga oid manbalar saqlangan kutubxona ham bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida sinagoga vazifasini ham bajarib, qaysidur ijtiomiy guruhga tegishli bo‘lgan (masalan muayyan hunarmandlar guruhi) Beyt Midrash Germaniyada „klaus“ (lot.monastir), Sharqiy Yevropada „kloyz“ deb atalgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 78.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.