Kontent qismiga oʻtish

Besh Qardosh

Koordinatalari: 37°24′N 57°17′E / 37.400°N 57.283°E / 37.400; 57.283
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

37°24′N 57°17′E / 37.400°N 57.283°E / 37.400; 57.283

Besh Qardash yoki Besh Gardash (forscha: بش قارداش) – Eronning Shimoliy Xuroson viloyati, Bojnorddagi yodgorlik va mineral buloq joylashgan hudud. Bu joy koʻngilochar va tarixiy Eron madaniy merosi, qoʻl sanʼatlari va turizm tashkiloti tomonidan milliy meros sifatida belgilangan[1].

Besh Qardash Bojnorddan taxminan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan.

„Besh qardash“ atamasi mintaqadagi mahalliy til boʻlgan Xurosoniy turkiy tilida „Besh birodar“ maʼnosini bildiradi. Bu nom joyning afsonaviy tarixiga asoslanadi. Afsonalarga koʻra, beshta aka-uka oʻsha paytdagi shafqatsiz hukumatga qarshi kurashgan va ular togʻ yonbagʻrida boshpana qilganishgan. Kyinroq ular bu yerdan gʻoyib boʻlishgan va ularning yashash joyida beshta suv bulogʻi paydo boʻlgan[2].

Qajarlar sulolasi davridada Nosiriddinshoh davlat tashrifi bilan bu yerdan oʻtgan, hamda Yar Muhammad Xon Shadlouga (shuningdek, Sardor Mufakham yoki Siham al-Dovleh Bojnordi nomi bilan ham tanilgan) buloqlari yonida yodgorlik qurishni buyurgan[3].