Bert Bailey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bert Bailey
Tavalludi
Albert Edward Bailey

11-iyun 1868-yil
Auckland, New Zealand
Vafoti 30-mart 1953-yil(1953-03-30)
(84 yoshda)
Fuqaroligi Yangi Zelandiya va Avstraliya
Kasbi Yozuvchi, aktyor, teatr menejeri
Faoliyat yillari 1883-1943
Turmush oʻrtogʻi Ivy Gorrick

Albert Edvard Bailey (1868-yil 11-iyun – 1953-yil 30-mart), Bert Bailey nomi bilan mashhur boʻlgan, Yangi Zelandiyada tugʻilgan avstraliyalik dramaturg, teatr menejeji, Steel Rudd tomonidan yozilgan kitoblar qahramoni Dad Radd rolini ijro etgani bilan mashhur boʻlgan sahna va ekran aktyori.

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bailey Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida fermer Christofer Bailey va Harriette Adelaide oilasida tug'ilgan. Uning ota-onasi ajrashishgan va Bailey olti oylik bo'lganida onasi u bilan Sidneyga ko'chib o'tgan[1]. Harriette Adelaide 1879-yilda yana turmushga chiqdi va McCathie's firmasini ochib, taniqli savdogarga aylandi.

Bailey Crown Street School va Cleveland Street Public School maktablarida tahsil olgan. U oilaviy biznes bilan shug'ullanmaslikka qaror qildi va telegramma ishchisi bo'lib ishga kirdi. Keyinroq Crystal Palace konkida uchish maydonchasida qavat menejeri bo'lib ishladi. O'n besh yoshida u Sidneyning Jorj ko'chasidagi Canterbury Music Hall zalida tamburin vokalchisi sifatida ishga kirdi.

1889-yilda u Edmund Dugganning gastrol teatriga qo'shildi va faoliyati davomida Avstraliya bo'ylab turli xil rollarni ijro etdi. 1900-yilda u Duggan bilan birga taniqli teatr prodyuseri va Dugganning qaynog'asi William Andersonningkompaniyasiga ishga kirdi.

Dramaturglik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1907-yilda Bailey va Duggan birgalikda "Albert Edmunds" taxallusi ostida "<a href="https://en.wikipedia.org/wiki/The_Squatter's_Daughter_(play)" rel="mw:ExtLink" title="The Squatter's Daughter (play)" class="cx-link" data-linkid="67">The Squatter's Daughter</a>" (1907) pyesasini yozdi. Pyesaga Anderson prodyusserlik qildi va 1910-yilda .uning asosida Bailey rejissyorlik qilib, rol o'ynagan yangi bir film suratga olindi.

U Duggan bilan yana bir qator spektakllarda hamkorlik qildi (ular spektakllarda rol ham o'ynagan), "The Man from Outback" (1909), "On our Selections" (1912) va Steele Rudd va The Native Born hikoyalari (1913) asosida yozilgan pyesalar shular jumlasidandir. Ulardan eng mashhuri “On our Selections" pyesasi bugungi kungacha yuzlab spektakllarga asos bo'lgan avstraliya teatri fenomeniga aylangan. Bailey Dad Radd rolini butun faoliyati davomida ijro etib kelgan.

Teatr faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yilda Bailey Anderson bilan 12 yillik hamkorlikni to'xtatdi va biznes menejeri Yuliy Grant bilan hamkorlik boshladi[2]. Ularning ikkalasi Melburndagi Anderson teatrini ijaraga olishdi va teatr prodyuserlari sifatida muvaffaqiyatli uyushma tashkil qilishdi. Bailey, shuningdek, "Bert Bailey Dramatic Company" bilan tez-tez gastrollarga borib turgan. U va Grant William Shakespeare pyesalari mavsumida va On our Selection" spektaklining 1920-yil Londondagi namoyishi davrida ba'zi tijoriy muammolarga duch kelishdi.

1929-yilda Barry Connersning "The Patsy" spektaklida 23 hafta davomida gastrol qilganidan so'ng, "so'zlovchi filmlar" ning ommalashuvi sababli, ortiq teatrdan foyda bo'lmaydi deb hisoblab, spektaklni tark etdi.

Kinodagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bailey1932-yilda "On our Selection" pyesasining film versiyasida Dad Radd rolini o'ynash uchun Stuart F. Doyle tomonidan nafaqadan chaqirib olingan. Bu rol uchun u 400 funt sterling va foydaning 60 foizini oldi va bu summa 1934-yil oxiriga kelib taxminan 14 000 funt sterlingga yetdi[3].

Bailey yana uchta filmda Dad Radd rolini o'ynadi va har bir film uchun ssenariyga o'z hissasini qo'shdi. Rudd filmlarining to'rttala qismi ham Ken G. Xoll rejissyorlik qilgan, u shuningdek , "Squatter's Daughter" filmini suratga olgan Ken G. Xoll rejissyorligida tasvirga olingan. Janubiy-G'arbiy Tinch okeani (1943) urush harakatlari uchun tayyorlangan targ'ibot filmida qisqacha chiqish qilgani hisobga olinmasa, Bailey Dad Radd, MP (1940) filmidan keyin nafaqaga chiqqan.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bailey1902-yilda aktyor Ivy Gorrickga uylandi. Ularning Doreen ismli bir nafar farzandi bo'lgan. Rafiqasi 1932-yilda vafot etgach, Bailey qayta turmush qurmadi. U bo'sh vaqtlarini "lawns bowls" o'yinini o'ynash, qayiqda sayr qilish va qizi bilan sayohat qilish bilan o'tkazgan.

1937-yilda Bailey "On our Selection" filmidan 200 000 funt sterling ishlab topgani taxmin qilingan edi. U 32 527 funt sterlingga ega bo'lgan boy odam sifatida vafot etdi[4].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Squatter's Daughter (1910) - original pyesa, aktyor, rejissyor
  • The Christian (1911) - aktyor
  • On our Selection (1932) - aktyor, hammuallif, original pyesa
  • Squatter's Daughter (1933) - faqat original spektakl
  • Grandda Radd (1935) - aktyor, hammuallif
  • Dad and Dave Come to Town - aktyor, hammuallif
  • Dad Radd, MP (1940) - aktyor, hammuallif
  • South West Pacific (1943) - aktyor

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "REAL-LIFE 'DAD' HAS SEEN PIONEER DAYS." Sunday Times (Perth) 28 Jul 1940: 3 accessed 30 Dec 2011
  2. "MR. BERT. BAILEY." The Sydney Morning Herald 17 Feb 1912: 13 accessed Web. 26 Nov 2011
  3. "Counting the Cash in Australian Films"', Everyones 12 December 1934 p 19-21
  4. "BERT BAILEY LEFT £32,527." The Sydney Morning Herald 18 Aug 1953: 5 accessed 30 Dec 2011