Ben Sexton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ben Sexton
Tugʻilgan joyi 6-iyun 1991-yil (1991-06-06) (32 yosh)
Ottawa, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 196 lb (89 kg; 14 st 0 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Oʻynagan jamoalari Ottawa Senators
NHLga kirish drafti 206-oʻrin, 2009
Boston Bruins
Jamoalardagi faoliyat 2013—2020

Ben Sexton (talaffuzi: Ben Sexton, 1991-yil 6-iyunda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkeychi, Kanada Milliy Xokkey Ligasida (NHL) Ottawa Senators jamoasi tarkibida oʻynagan. Boston Bruins jamoasi tomonidan 2009-yilgi NHL draftida 206-oʻrinda markaziy himoyachi sifatida jamoa tarkibiga tanlangan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sexton Clarkson universiteti jamoasida toʻrt yil oʻynagan. Oʻzining muvaffaqiyatli yilida Sexton jamoa sardori etib tayinlangan[1].

Professional jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 20-martda Sexton Boston Bruins bilan shartnoma imzolagan va keyinchalik ularning Amerika Xokkey Ligasidagi filiali Providens Bruins jamoasiga transfer qilingan[2].

2017-yil 1-iyulda Sexton Ottawa Senators jamoasi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzolagan[3]. Sexton oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan soʻng Senators jamoasining Amerika Xokkey Ligasidagi filiali Belleville Senators jamoasiga oʻtkazilgan[4]. Mavsum yakunida Sexton AHLda yilning eng yaxshi oʻyinchi sifatida Yanick Dupre xotira mukofotiga nomzodi boʻlgan[5].

5-dekabr kuni Sexton va Macoy Erkamps, Stefan Elliott va Tobias Lindberg evaziga Pittsburgh Penguins jamoasiga oʻtkazilgan[6]. Sexton Penguins jamoasi tarkibida 26 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani 10 ochkoga yetkazgan.

Pittsburgh Penguins jamoasining erkin agenti sifatida Sexton 2019-yil 11-iyulda Wilkes-Barre/Scranton jamoasi bilan bir yillik AHL shartnomasini davom ettirishni maʼqul koʻrdi[7].

Sexton 2019—2020-yilgi mavsumni miya kontuziyasi tufayli to‘liq o‘tkazib yuborgan. 2020-yil 9-mayda 7 professional mavsumdan so‘ng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sexton xokkeychilar oilasidan chiqqan. Uning otasi Ottawa Senators jamoasining asoschilaridan biri Randy Sextondir. Uning ukasi Patrick 2015—2017-yillarda Wisconsin universiteti jamoasi tarkibida oʻynagan[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
    Doimiy mavsum   Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2007—2008 Nepean Raiders CCHL 48 15 15 30 71 6 1 5 6 4
2008—2009 Nepean Raiders CCHL 38 14 21 35 54 11 3 9 12 22
2009—2010 Penticton Vees BCHL 50 13 29 42 83 5 1 2 3 4
2010—2011 Clarkson University ECAC 12 3 5 8 12
2011—2012 Clarkson University ECAC 27 8 21 29 44
2012—2013 Clarkson University ECAC 28 5 15 20 70
2013—2014 Clarkson University ECAC 35 6 22 28 88
2013—2014 Providence Bruins AHL 9 1 1 2 9
2014—2015 Providence Bruins AHL 35 3 9 12 57 5 0 0 0 2
2015—2016 Providence Bruins AHL 29 4 1 5 45 1 0 0 0 2
2016—2017 Albany Devils AHL 54 19 12 31 60 4 0 2 2 0
2017—2018 Belleville Senators AHL 30 10 11 21 16
2017—2018 Ottawa Senators NHL 2 0 0 0 0
2018—2019 Belleville Senators AHL 17 0 9 9 16
2018—2019 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 26 7 3 10 31
NHLdagi umumiy ochkolari 2 0 0 0 0

Doimiy mavsumdagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Liga GP G A TP PIM +/-
2003—2004 Kanata Peewee QC Int PW - - - - - -
2008—2009 Canada East U19 WJAC-19 4 1 0 1 6 -

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Liga Jamoadagi vazifasi
2020—2021 Belleville Senators AHL Yordamchi murabbiy
2021—2022 Belleville Senators AHL Yordamchi murabbiy
2022—2023 Belleville Senators AHL Yordamchi murabbiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BEN SEXTON“. clarksonathletics.com. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  2. „Bruins Sign Ben Sexton to an Entry-Level Contract“. NHL.com (2014-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  3. „Senators sign centre Ben Sexton to two-year, two-way contract – Sportsnet.ca“. Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
  4. Tidcombe. „Sexton fulfills dream of playing for the Senators“. bellevillesens.com (2018-yil 24-iyul). 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  5. Tidcombe. „Sens announce winners of 2017-18 team awards“. bellevillesens.com (2018-yil 14-aprel). 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  6. „Senators acquire Stefan Elliott and Tobias Lindberg from Pittsburgh“. NHL.com (2018-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 5-dekabr.
  7. „Ben Sexton signs with Wilkes-Barre/Scranton Penguins (2019-yil 11-iyul). Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  8. „Ben Sexton announces retirement“. Twitter (2020-yil 9-may). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  9. „Patrick Sexton“. eliteprospects.com. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.