Kontent qismiga oʻtish

Ben Davies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benjamin Tomas Devis(Benjamin Thomas Davies 1993-yil 24-aprelda tugʻilgan) − Uelslik professional futbolchi boʻlib, Premier League klubi Tottenham Hotspurda shu bilan birga, Uels milliy terma jamoasida chap qanot himoyachisi shuningdek, markaziy himoyachi sifatida maydonda toʻp suradi.

Devies Ingliz futbol ligasi tizimiga ixtisoslashgan Swansiyada joylashgan Uels klubi Swansea City akademiyasini bitirgan. Devies 2012-13-yilgi mavsumdagPremier League oʻyinida West Ham Unitedga qarshi Swansea City klubida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazgan va 2013-yil yanvar oyida Stoke Cityga qarshi kechgan 3-1 hisobi bilan Premier Leagueda uning jamoasi gʻalaba qozongan. Shu oʻyinda Devies oʻzining professional futboldagi ilk golini urgan. 2013 shuningdek, 2014-yilgi mavsumda ham Devies Swansea City klubi uchun asosiy futbolchi boʻlib qolgan.

2014-yil iyul oyida Devis Tottenham Hotspur tomonidan taklif qabul qilgan va Tottenham uchun Evropa ligasidagi Kiprlik AEL Limassolga qarshi kechga oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirgan. Mauricio Pochettino davrida Davies Danny Rose bilan chap qanot himoyasi uchun kurash olib borgan, ammo Davies Antonio Konti tomonidan uchta himoya taktikasida toʻlaqonli asosiy futbolchi sifatida maydonda toʻp surgan[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Devies Glamorganning Gʻarbiy qismidagi Neath shahrida tugʻilgan. Swansea shahridagi futbol boʻyicha yoshlar akademiyasida toʻp surayotgan vaqtida, otasiga ish boʻyicha yirik kompaniyadan taklif kelgandan keyin, Devies va uning oilasi Daniyaning Viborg shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻlishgan. Ular uch yil davomida Daniyada hayot kechirganlar, Devies esa Swansea klubiga qaytishdan oldin,Viborg FF yoshlar jamoasida oʻynagan[2]. Davies Ysgol Gyfun Ystalyfera maktabida oʻqigan[3].

Tottenham Hotspurdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Devis Tottenham Hotspur klubida maydonda harakat qilgan

2014-yil 23-iyul kuni Devis Totenham Hotspur bilan hech qanday tovon pulisiz besh yillik shartnoma imzolagan. Devies Swansea jamoasidagi jamoadoshi Micheal Vorm Gylfi Sigurðssonga oʻtgan kuni,Totenham klubiga kelib qoʻshilgan[4][5][6]. Devies Premier Leagueda Tottenham Hotspur klubi 0-3 gʻalaba bilan magʻlubiyatga uchraragn oʻyinda ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan, ammo bu oʻzgarish hech qanday yordam bera olmagan[7]. Devies oʻz klubida birinchi marta 2014-yil 23-noyabrda Hull Cityga qarshi kechgan 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, jamoa safida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2015-yil 1-mart kuni Wembley stadionida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Liga kubokining finalida zahirada qoldirilgan boʻlib, bu oʻyindaTottenham 2-0 hisobi bilan Chelsi klubiga magʻlubiyatga uchragan[8].

Devies 2017-yil 8-yanvarda klub safida birinchi golini urgan[9]. 2017-yil 9-mart kuni Tottenham bilan toʻrt yil muddatga yangi shartnoma imzolagan hamda bu shartnomaning tugash muddati 2021-yilgacha davom etgan[10].

Terma jaomoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil sentyabr oyida Davies shu yilda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionatining oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Uels tema jamoasiga chaqirilgan. Deviesning jamoadoshi Neyl Taylori oʻrniga maydonda harakat qilgan. Chunki Neil Sunderlandga qarshi kechgan Premer-ligadagi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat olgan[11]. Davies 2012-yil 12-oktabr kuni Shotlandiyaga qarshi 2-1 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda, xalqaro debyutini qilgan[12]. 2021-yil may oyida Devies UEFA Yevro 2020 musobaqasida ishtirok etish uchun Uels jamoasiga chaqirilgan[13]. 2022-yil noyabr oyida Qatarda oʻtkazilgan Katar- FIFA Jahon chempionati uchun Uels jamoasining tarkibiga kiritilgan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „A degree, COVID and life in the back three - a special interview with Ben Davies“ (en). Tottenham Hotspur. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  2. „Ben Davies Interview: Made in Wales, Nurtured by Denmark“. Lost Boyos. 2019-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  3. „Swansea City's Ben Davies thrilled with his rise into the first team“. BBC Sport (2012-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  4. „Ben Davies & Michel Vorm join Spurs, Swansea sign Sigurdsson“. BBC Sport (2014-yil 23-iyul).
  5. „Deal for Swansea duo agreed“. Tottenham Hotspur F.C. (2014-yil 23-iyul).
  6. „Sigurdsson seals Swans return“. Swansea City A.F.C (2014-yil 23-iyul). Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  7. „Tottenham Hotspur 0–3 Liverpool“. BBC Sport (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  8. McNulty, Phil. „Chelsea 2–0 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2015-yil 1-mart). Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
  9. „Spurs proved they have 'winning mentality' with Villa victory – Davies“. Evening Standard (2017-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  10. „Tottenham left-back Ben Davies signs new four-year contract“. Sky Sports. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  11. „Swansea's Ben Davies has been added to Wales' squad to face Belgium and Serbia“. Sky Sports (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  12. „Match Report: Wales v Scotland 12 October 2012“. Football Association of Wales (2012-yil 12-oktyabr). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-dekabr.
  13. „Uncapped Colwill in Wales Euro 2020 squad“. BBC Sport.
  14. „2022 Wales World Cup squad“. BBC Sport.