Belgorod-Dnestrovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Belgorod-dnestrovskiy (1918-yilgacha va 1940 — 44 yillarda Akkerman) — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dnestr limanidagi port, Qora dengizdan 20 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 ming kishi (1999). B.D. yunonlarning qad. Tira shahri oʻrnida 9-asrda vujudga kelgan. 14-asrda moʻgʻullar egallagan va shaharni Oq-Libo deb atagan. 14-asrda genuyaliklarning Monkastro koloniyasi, 15-asrda Moldaviya knyazligi tarkibida boʻlib Chetatya-Alba deb atalgan, 1484-yildan turklarga qarashli qalʼa, 1812-yilda Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan, 1918 — 40 yillarda Ruminiya tarkibida (ChetatyaAlbe) boʻlgan. B.D.da goʻsht-sut, baliq-konserva. uzum vinosi, un, tibbiy buyumlar, tibbiy asboblar zavodlari, karton, mebel, tikuvchilik fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, baliq sanoati texnikumi, qishloq xoʻjaligi texnikumi, tibbiyot va ped. bil im yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil