Bel (asbob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bel, belkurak — mehnat quroli; temirdan yasaladigan yogʻoch (baʼzan temir) dastali asbob. Bir necha xili boʻlib, oʻtkir uchlisi ariqochish, yer chopish va qazish, agdarish, yumshatishda; yuzi botiq xili shagʻal, qum, koʻmir, ohak, ganch kabilarni surish, yuklash va boshqalarda; kichik yuzli B. (kapcha) devor (paxsa) urishda; taxtafanerdan yasaladigan B. (kurak) qor kurashda, gʻalla, yemlarni toʻplashda ishlatiladi. B.ning harbiy ishda foydalaniladigan (mas, okop, blindaj qazishda ishlatiladigan) xili ham bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil