Kontent qismiga oʻtish

Behbudiy Nadim Mas’udzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Behbudiy Nadim Mas’udzoda — (1929 — 1998) Samarqandda tugʻilgan. SAGU (Hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1949-yildan Dushanbe pedinstitutida oʻqituvchi, aspirant, 1956-yildan katta oʻqituvchi; TojikDUda katta oʻqituvchi va dotsent; Tojikiston FA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim va shevashunoslik sektorining mudiri; 1981-yildan umrining oxirigacha Samarqand pedinstituti va universitetida dotsent va kafedra mudiri.

Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shevasunoslik. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: „Samarkandskiy govor“. — M., 1953. 1. Kratkiy sintaksis Samarkandskiy govora. — Dushanbe, 1960. 2. Sheva sharoitida adabiy tilni oʻrganish // Maktabi Soveti. -Dushanbe, 1962. 3. Malik-ush-shuaro Rudakiy tili xususida mulohazalar // Tojik tilshunosligi masalalari. — Dushanbe, 1964. — № 5. 4. Guftori adabi // Maktabi Soveti. — Dushanbe, 1971. 5. Russko-tadjikskiy slovar. — M.: Russkiy yazik, 1985. — v soavtorstve.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]