Bečváry

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bečváry
Munitsipalitet
Skyline of Bečváry
Bečváry
Bayroq
Bečváry
Gerb
49°57′26″N 15°4′47″E / 49.95722°N 15.07972°E / 49.95722; 15.07972 G OKoordinatalari: 49°57′26″N 15°4′47″E / 49.95722°N 15.07972°E / 49.95722; 15.07972 G O
Mamlakat Chexiya
Viloyat Markaziy Bohemian
Tuman Kolín
Asos solingan 1265
Maydon 16.28 km2 (6.29 mi²)
Markazi balandligi 320 m
Aholisi
 (2023-01-01)
1 054
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 281 43, 281 44, 285 04
Bečváry xaritada
Bečváry
Bečváry

Bečvari (nemischa: Betschwar) — Chexiya Respublikasining Markaziy Chexiya viloyatining Kolín tumanidagi qishloq. Qishloqda 1100 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Maʼmuriy qismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Červený Hradek, Hatě, Horní Jelčany va Pojusi qishloqlari Bečvarining maʼmuriy qismi hisoblanadi. Hatě va Horní Jelčany qishloqlar hududning eksklavinini tashkil etadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi bečvář, yaʼni kuper soʻzidan olingan. Bu kooperatorlar yashaydigan qishloq hisoblanadi[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bečvary taxminan 11 kilometr (7 mi) Kolinning janubi-gʻarbiy qismida va 40 km (25 mi) Pragadan sharqda joylashadi. U Yuqori Sazava tepaliklarida barpo etilgan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan- 430 m (1,410 ft) baland. Bečvárka oqimi qishloq boʻylab oqib oʻtadi va Podbečvarskiy hovuzini suv bilan taʼminlaydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bečvari haqida birinchi yozma manba 1265-yilda yozilgan[2].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 658—    
18801 970+18.8%
18901 915−2.8%
19001 840−3.9%
19101 776−3.5%
19211 721−3.1%
19301 624−5.6%
19501 276−21.4%
19611 386+8.6%
19701 230−11.3%
19801 148−6.7%
19911 022−11.0%
2001994−2.7%
2011981−1.3%
20211 044+6.4%

Aholisi 2021-yil hisobiga koʻra 1044 nafardan oshadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pragadan Kutna-Xora va Pardubitsegacha boʻlgan I/2 yoʻli qishloqdan oʻtadi. Bečvari Kolin — Ledečko temir yoʻlida joylashgan[3].

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bečvaryning asosiy diqqatga sazovor joyi — kechki barokko qal’asi. Qal’aning qurilishi XVIII asrning oʻrtalarida boshlangan, ammo 1766-yil va 1774-yillarda qasr qayta tiklagan va kengaytirgan Ernst Gideon fon Laudon hukmronligigacha qurilish tugallanmagan edi. Hozirgi vaqtda qasrga jamoatchilik kirishi mumkin emas va xususiy mulkdor tomonidan asta-sekinlik bilan qayta tiklanmoqda[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Profous, Antonín. Místní jména v Čechách I: A–H (cs), 1947 — 38 bet. 
  2. „Historie“ (cs). Obec Bečváry. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  3. „Detail stanice Bečváry“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2024-yil 13-mart.
  4. „Zámek Bečváry“ (cs). Asociace majitelů hradů a zámků. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]