Kulash Bayseitova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bayseitova Kulashdan yoʻnaltirildi)

Kulash Bayseitova (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) - Olmaota - 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida taʼlim olgan. Qozoq drama teatri (1930 — 34), Musiqali teatr (1934 — 37), Qozoq opera va balet teatri (1937-yildan)da ishlagan. Kizjibek ("Qizjibek"), Xadicha ("Jalbir"), Akjunus ("Er Targin"), Ajar ("Abay"), Sora ("Birjon va Sora") va boshqa partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi boʻlib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, "Yevgeniy Onegin", Chiochiosan, "Madam Baterflyay") yaratgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil